Sardor Umrzoqov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

Manbaning tasdiqlaşiça, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.

Prezident matbuot xizmati aniqlik kiritişiça, Umrzoqov Özbekiston prezidentining maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi farmoni bilan taşkil etilgan, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgandi.

2022 yil 16 iyulida esa Nizomiddinov salomatligidagi muammo sabab işdan ketgan va uning örnini Sardor Umrzoqov egallagandi.

  • Bundan avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari yordamçisi Sunnatilla Bekenov işdan olingani xabar qilingandi.