2023 yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning iyul oyida narxlar va tariflarda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 0,9 foizga arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 8,9 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,3 foizga o‘sgan.

















