AQŞ prezidenti Donald Tramp hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) qaçondir öz faoliyatini töxtatişini aytdi, çunki Ilon Mask faqat 130 kunga maxsus davlat xodimi sifatida işlaydi, deb xabar berdi CNN.

Trampning ta’kidlaşiça, Tesla va SpaceX egasi Mask öz kompaniyalarini boşqarişga qaytişi kerak. Ammo prezident uni imkon qadar uzoq muddat uşlab turişni istaydi, çunki uning «zakovati va qilgan işlarini juda qadrlaydi».

Tramp sözlariga köra, federal agentlik rahbarlari «allaqaçon köp narsalarni örganişgan» va öz işini mustaqil ravişda davom ettirişi mumkin. Prezident ularning ba’zilari DOGE xodimlarini saqlab qolişni xohlaşiga işonç bildirdi. Trampning ta’kidlaşiça, davlat idoralari rahbarlari özi işini «skalpel kabi» qilişi mumkin bölgan vaqt keladi.

Mart oyi boşida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Ilon Mask Oq uyda bölib ötgan uçraşuv çoğida qizğin bahslaşib qolgan edi. Prezident Tramp mojaroni jimgina kuzatgaç, Rubioni qöllab-quvvatlab, uning işini «a’lo» deb ta’rifladi.

Manbalarga köra, Rubio va Mask örtasidagi ziddiyat uzoq yillik ildizlarga ega, xususan, avvalroq Davlat kotibi yurisdiksiyasida bölgan USAID faoliyatining amalda tugatilişi bilan boğliq.