Turkiyaning Egey dengizi sohillarida 5,3 ballik zilzila röy berdi. Bu haqda AQŞ geologiya xizmati xabar qilmoqda. 

Yer silkinişi seşanba 7 fevral kuni tungi soat 02:24da yuz bergan. Zilzila markazi Çanoqqal'a viloyati Ezine şahridan 36,7 km janubi-ğarbda, 6,8 km çuqurlikda joylaşgan. 

Avvalroq, Yevropa Örta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) 6 fevral kuni ertalab Turkiyaning ğarbiy sohilida 5,2 ballik yer qimirlagani haqida xabar qilgan edi. 

Çanoqqal'adagi zilzila Ayvajik şahri hududida 102ta uyning qulaşiga sabab bölgan. Kamida 5 kişining jabrlangani xabar qilinmoqda.