Prezident administratsiyasi rahbarining taʼkidlashicha, kompaniya yutuqlari zamirida koʻp yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislar mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar turibdi.

«Turkiyaning bu boradagi tajribasi Oʻzbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega», - dedi Saida Mirziyoyeva.

U, shuningdek, ikki mamlakat mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish va qoʻshma texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.

















