11:36 / 26.08.2019
8265
Reklama

«Turonbank» ATB va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi korporatsiyalar 16 mln dollar miqdoridagi kelishuvlarni imzoladi

Foto: Turonbank

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda, jumladan,  Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) kabi moliyaviy muassasalar bilan olib borilayotgan ishlarni ta'kidlash joiz. Yuqorida keltirilgan muassasalarning moliyalashtirishi hisobidan qurilish, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va transport sohasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakat rahbariyati tomonidan respublika vazirliklari va idoralari, shu jumladan, tijorat banklariga istiqbolli loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish vazifasi yuklatilgan.

Qo‘yilgan vazifalarni ijro etish maqsadida «Turonbank» ATB tomonidan XSRIK va XISMK bilan birgalikda Murobaha tamoyili asosida moliyalashtirishni jalb etish maqsadida muayyan ishlar olib borildi.

«Turonbank» ATB delegatsiyasining Jidda (Saudiya Arabistoni Qirolligi) shahriga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalashtirish uchun XSRIK bilan 10,0 mln. AQSh dollari va XISMK bilan 6,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi.

XSRIK bilan kelishuv O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga texnologik uskunalar va asosiy vositalarni xarid qilish uchun 5 yilgacha bo‘lgan muddatga uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi.

XISMK bilan kelishuv O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish (xomashyo va tovarlarni xarid qilish) uchun 1 yilgacha muddatga moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi.

Bular «Turonbank» ATBning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ilk bitimlari bo‘lib, Bank boshqa moliya muassasalari bilan liniyalarni jalb etish yuzasidan ishlarni davom ettirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top