2030 yilga borib Özbekiston yalpi içki mahsulotini ikki baravar oşirmoqçi, buning uçun AQŞ, Rossiya va Xitoy bilan birdek muvozanatlaşgan aloqa örnatiş kerak böladi. Bu haqda boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev Vaşingtonda bölib ötgan AQŞ-Özbekiston biznes konferensiyasi çoğida aytib ötdi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
Boş vazir örinbosarining aytişiça, xalqaro maydonda iqtisodiy tarqoqlikning kuçayib borayotgani Özbekistonni diversifikatsiya haqida öylaşga majbur qilmoqda.
«Bugungi geosiyosiy vaziyat şuni körsatmoqdaki, faqat bitta davlatga tayanib bölmaydi, çunki bu xavfsiz emas. Har bir mamlakat diversifikatsiya qidiradi», degan u.
Xöjayev Özbekiston Xitoy kompaniyalari bilan faol ravişda hamkorlik qilayotganini, çunki bundan mamlakat manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
«Xitoy bizning eng yirik savdo va sarmoyaviy şeriklarimizdan biridir. Buni yaşirmaymiz. Ular qayta tiklanuvçi va yaşil energiya böyiça juda köp işlarni olib bormoqda. Ularning yaxşi texnologiyalari, yirik kompaniyalari bor va ular bajonidil biz bilan işlaşga tayyor».
Boş vazir örinbosarining qöşimça qilişiça, Rossiya bilan nafaqat savdo jihatdan, balki tarixiy aloqalar bor va köplab özbekistonlik migrantlar Rossiyada mehnat qilmoqda. Bu orqali ular oilalarini pul bilan ta’minlaydi. Xöjayev bu aloqalarni «yaxşi imkoniyat» deb atagan. Şuningdek, u Özbekiston rasmiylari Yevropaning boşqa mamlakatlari bilan bozorni diversifikatsiya qiliş uçun işlayotganini bildirgan.
Xöjayev Özbekiston AQŞ bilan ham faol hamkorlik qilmoqçi ekanini ma’lum qilgan.
«Bizda bozor iqtisodiyoti mavjud va barça investorlarimizga bir xil şaroitlarni taqdim etişga harakat qilamiz», degan u.
Öz navbatida, Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov AQŞ Moliya vazirligi bilan Özbekiston çegarasi orqali Rossiyaga sanksiyaga uçragan tovarlarni olib ötişning oldini oliş böyiça iş olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Xöjayev Özbekiston boşqa davlatlar iqtisodiyotning energiya va oziq-ovqat ta’minoti kabi nozik tarmoqlariga kiritayotgan sarmoyalarni diversifikatsiya qilişga harakat qilayotgani, biroq infratuzilma kabi sohalarga kelganda, rasmiylar «xalq uçun eng yaxşi deb hisoblangan qarorni qabul qilişini» bildirgan.












