Ma'lumotlarga köra, sobiq vazir örinbosari Farğona politexnika institutiga rektor bölişi kutilmoqda. Şu vaqtgaça uşbu institutga Oybek Otaqulov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Öktam Salomov 2020 yilning 30 iyunida Toşkentdagi Turin politexnika universiteti rektorligidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan edi. U muqaddam Andijon maşinasozlik instituti rektori bölib ham işlagan. Uning vazir örinbosari lavozimidagi faoliyati olti oyga ham çözilmadi.

Ma'lumot uçun, 2019 yil mayida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining avvalgi birinçi örinbosari Kongratboy Şaripov 2019 yilning noyabrida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi. Şundan söng uşbu lavozim yetti oy davomida böş qolgandi.