Keça, 1 aprel – hazil va bolalar orasida özaro “yolğon” kuni edi. Bugun esa 2 aprel. Bu kun şoir Usmon Azim ta’biri bilan aytganda, “rostlik”, “haqiqat” kuni. Öqirmanlar uçun ma’lumot, şoirning “2 aprel” nomli nazmiy kitobi ham bor. Öşa joyda bugungi kun rostlik, haqiqat kuni sifatida ta’riflanadi.
Kun haqida gap ketarkan, 2 aprel butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida ham nişonlanadi.
Kun.uz muxbiri ana şu – jamiyatda garçi eşitilişidan zerikarli bölsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barça muammolarimizning tub ildizi bölgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, Özbekistonda bu yönalişning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu ötkazdi.
Intervyu mehmonlari – noşir Sanjar Nazar, sobiq "Kamolot" YoIH Markaziy kengaşi raisi, bu lavozimda “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 100 nomdagi minglab kitoblar çop etilişiga boş qoş bölgan Bahodir Ğaniyev va bolalar yozuvçisi Sa’dullo Qur’onov böldi.
— Özbekistonda bugun bolalar kitobxonligi qanday ahvolda? Özbek bolalari dunyo bolalari bilan soliştirganda köp öqiyaptimi, kammi yo juda kammi?
Sanjar Nazar:
— Kitob öqiş darajamizni rivojlangan, öqiydigan davlatlar bolalari bilan taqqoslasak, deyarli yöq desa ham böladi, çunki juda kam. 2022 yilda bolalar uçun yaratilgan asarlarni sanayman desangiz, bitta qöl barmoqlari ham ortib qoladi. Tarjimada ham şu holat. Aynan badiiy adabiyot tomonidan ahvolimiz juda yomon. 2022 yilda Özbekistonda birinçi marta 3 yoşdan boşlab öqiş mumkin bölgan (3+) kitob çop etdik 3000 adadda, şundan bor-yöği 600 taçasi sotildi. Şundan ham biliş mumkin ahvolimizni.
Bahodir Ğaniyev:
— Bolalar adabiyotini umumiy adabiyotdan ajratib muhokama qilişning foydasi yöq, gap umumiy adabiyot haqida ketişi kerak. Rostdan ham bizda kitobxonlik darajasi juda past. Badiiy adabiyotga ehtiyojni şu kitoblarning savdosi bilan ölçasa böladi. Masalan, Özbekistonda 37 mln aholi yaşaydi. Xöş, şunça odam bor ekan, Özbekistonda yiliga qança badiiy adabiyot sotiladi, degan savol bor. Javob: 1 millionta ham sotilmaydi. Rivojlangan davlatlar içida AQŞda kitobxonlik darajasi unçalik yuqori bölmasa ham yiliga 300 mln aholi 400 millionta badiiy kitob sotib oladi (faqat badiiy adabiyot soni).
“Kamolot”da işlab yurganimda “Kamolot” kutubxonasi” loyihasini qilganmiz va 100 ta eng sara özbek va jahon badiiy adabiyotlarini şakllantirganmiz. Şunda bir katta mansabdor (ismini oşkor qilmay) «Odamlar öqimasa, nima qilasan kitobni köpaytirib?» degan gapni aytgan. Yana rus tilida adabiyot yetarli-ku, bizda hamma rus tilini biladi, degan gapni ham aytgan. Bizdagi davlat tizimining asosiy boşqaruvçilari rus maktablarda öqigan va adabiyot muammosi yöq özlarida. Şuning uçun ular tuşunmaydi bu muammoni.
Mavzuga oid
Sa’dullo Qur’onov:
— «Jajji akademik» jurnalida boş muharrir bölib işlaganimda «xorijdagi tengdoşim» rukni bölar edi. Şu ruknda «Ta’til vaqtida mingta kitob öqigan bola» sarlavhali maqola çiqarganmiz. Bu xuddi yolğondek tuyuladi, lekin 8-9 yaşar qiz mingta kitob öqigan edi ta’tilda. Yaqinda bir tanişim ham Germaniyaga borganda, öşa yerda yaşaydigan jiyani bir haftada 27 kitob öqiganini aytib berdi. Kitob deganda, qalin kitobni tuşunmaslik kerak, yoş bolalar uçun kitoblar kam hajmli böladi. Taqqoslasak, bizda bolalar kitobxonligi ança past.
— Aslida kitobxonlik darajasi qanday ekani bilan har qanday jamiyatning tomir urişi, u yerdagi siyosiy bölsin, iqtisodiy bölsin ahvolini biliş mumkin. Bu bir barometr. Şuning uçun ham bu savolga javob beriş davomida sizlardan asl kasbingizga qöşimça qilib, tabiblik, şifokor bölib beriş talab etiladi. Malakali şifokor.
Kasallik simptomlari: Biz kitobxon millat emasmiz, bolalar, yoşlar, insonlar köp öqimaydi.
Xöş, bu qanday dard, taşxisi nima, uning kelib çiqiş sabablari qanday? Tirik qoliş, yaşab ketişimizga umid bormi?
Bahodir Ğaniyev:
— Harakat qilinsa, natija böladi. Har qanday vaziyatdan çiqib ketiş mumkin. Kitobxonlik — xalq saviyasining barometri. Xalq qança saviyali bölsa, şunça köp kitob öqiladi va öşa davlat şunçalik rivojlangan böladi.
Sabablarga qaraydigan bölsak, mustaqillik davrida bu masalaga umuman e’tibor berilmagan. Sovet ittifoqi davrida köproq kitob öqişgan. Hozirgi nodir klassik asarlarning ham aksariyati öşa davrda tarjima qilingan. Lekin çeklangan miqdorda, ideologiyaga töğri keladigan ular ham, hamma rus tiliga tarjima qilingan jahon adabiyotlari ham özbekçaga tarjima qilinmagan.
Yana bir sababi bizda ziyoli qatlam şakllanişiga yöl qöyilmagani sobiq ittifoq davrida, mustaqillik davrida esa omil bölmagan. Ta’lim sifati past joyda katta ziyoli qatlam şakllantiriş qiyin. 90-yillarning asosiy ta’sir qilgan omillaridan biri intellektlarning qadrlanmasligi böldi. Va öşa avlodda şu tuşunça singib qoldi. Hozir bu tuşunça özgaryapti. Buni töğrilaş uçun köp yillar davomida davlat ma’lum bir qadamlarni bosişi kerak.
Birinçi navbatda kitoblar yetarli miqdorda va turda bölişi kerak. Har qanday jamiyatda kitobxonlik oiladan, ta’lim muassasalaridan boşlanadi. Biz oiladan boşlolmaymiz ayni vaqtda, çunki kap-katta odamni birdan kitobxon qilib qöyolmaymiz. Ta’lim muassasalaridan boşlaşimiz mumkin. Bizda ta’lim dargohlarining kutubxonalari juda kambağal. Badiiy adabiyotlar deyarli yöq, faqat qöllanmalar, darsliklar bor. Kutubxonaçilarning esa oylik maoşi ham, saviyasi ham past, ular bolalarni tarğib qilolmaydi. 90 foiz öqituvçilar esa badiiy adabiyot öqimaydi. Bu holatda butun boşli qandaydir milliy dastur qiliş mumkin. Özi öqimasa ham, bolalarni qiziqtiriş yöllarini örgatiş kerak öqituvçilarga. Ota-onalarni öqitolmaymiz, lekin öquvçilarni şunga örgatiş imkoniyati bor. Kutubxonaçilarni qayta tayyorlaş, maktab kutubxonalarining badiiy adabiyot qismini qayta tiklaş mumkin. Heç bölmasa tuman kutubxonalari bölişi kerak.
Dunyo böyiça yiliga 1 mlnta yangi kitob çop etiladi umumiy. Şulardan saralab, eng yaxşilari tarjima qilinmaydi davlat tomonidan. Xususiy naşriyotlar 10-20 tasini qilayotgan bölişi mumkin. Katta xalq uçun juda kam bu.
Sanjar Nazar:
— Bir neça yildan beri takrorlab kelinadigan bir javob bor: jamiyat mavqe jihatdan qöyiladigan mezonlarni kitob öqiş bilan belgilasa, kitobxonlik ham şunçalik ösib boradi. Ya’ni jamiyatga kitob öqigan odam omadli odam degan aksioma singişi kerak.
Hozir aynan bolalar adabiyotida yaxşi, sifatli kitob yozişning özi imkonsiz. Çunki bolalar adabiyoti bolalar uçun iste’moldagi sözlar röyxatidan şakllanişi kerak. Turli yoşdagi bolalar uçun tuşunarli sözlar bankini tuzib çiqişimiz kerak yozuvçilarga tavsiya sifatida. Kitobning 75-80 foizi öşa tuşunarli sözlardan taşkil topişi kerak. Bu narsa ingliz, nemis tillari uçun işlab çiqilgan. Ilk qöyişimiz kerak bölgan qadamlardan biri şu. Ahvolimiz oğirligi ham şunda. Bu ma’noda biz kasalxonaning jonlantiriş bölimidamiz.
Eng köp yoqilği sotadigan davlatning yillik daromadi 113 mlrd ekan, Hindiston esa 130 mlrddan oşiqroq mablağga IT mahsuloti sotar ekan. Ötgan yili va undan oldingi yillarda Hindiston kitob öqiş böyiça dunyoda birinçi örinlarda turadi. Xitoy xuddi şunday. U yerda kitobxonlik şu qadar jiddiy e’tibor ostidaki, davlat tomonidan bevosita nazoratga olingan. Çunki Xitoy mamlakat sifatida, dunyodagi kuç sifatida kelajagi şunga boğliq ekanini anglagan. Birinçi ma’muriyat davrida bolalar kitoblari har qanday soliqlardan ozod bölgan. Bizda ham ikkinçi ma’muriyat boşida şu narsa qilindi, lekin yana bekor böldi. Şu paytda sal kötarildi kitob sohasi.
Gyote institutida olmoniyalik noşirlar bilan suhbatlaşdik. Germaniyada mingdan ortiq naşriyot bor, 100 dan ortiği faol naşriyotlar, şulardan 70 tasiga yil boşida stipendiya beradi. Har bir naşriyot şu stipendiyaga erişiş uçun faol harakat qiladi. Lekin ular ham noşirlar boy bölib ketmaydi, deb aytişdi. Demoqçimanki, imtiyozlar, rağbatlar judayam kerak bizga. Deylik, bolalar uçun juda yaxşi asar yoza oladiganlar özbek ziyolilari içida 100 ta bor. Davlat har yili 100 ming adadda eng yaxşi bolalar uçun kitobni çiqariş böyiça tanlov e’lon qilsa, soha öz-özidan rivojlanadi. Noşir ham, yozuvçi ham foyda qiladi, qiziqadi keyin şunga. Hozir Sa’dullo Qur’onovning 3 ming adadda çiqqan kitobidan 300 tasi sotilgan, u naşriyotdan yaxşi gonorar ololmaydi bu holatda. Saviya jihatdan juda yaxşi asarlar bor, ularning ham taqdiri şunday.
Sa’dullo Qur’onov:
— Bolalar adabiyotining bu ahvolda ekaniga muhim sabablardan biri ta’limga borib taqaladi. Oxirgi 20-25 yilda ta’limga eng katta zarar keltirgan test tizimi deb öylayman. Nima uçunki, bu tizim faqat xotirani baholaydigan tizim. Bu omil badiiy asarga estetik manba sifatida qaraşni yöqotdi. Ya’ni biz öquvçilardan yozuvçi tarjimai holini, asardagi qahramonlar, joy nomini sörayapmiz. Bolaning asarni tuşunganlik darajasi baholanmayapti. Hatto buni baholaydigan mezonlarimiz ham yöq. Bilimni hayotga tatbiq etişga qaratilganda edi, hozirgi öquvçi yodlaşdan köra uqişga harakat qilardi. Va öz-özidan jamiyatda yaxşi kitobga ehtiyoj bölar edi. Bola asarga estetik obekt sifatida qaramayapti.
Sanjar aka aytgandek, bolalar adabiyotida yoş kategoriyasi va tili juda muhim narsa. Agar asar tili tuşunarli bölsa, bola şuni öqiydi. Biz hozir özimiz bilmagan holda 8 yoşli bolaga 15 yoşli bolaning kitobini berib qöyayotgandirmiz. Çunki kitobning bola yoşiga mosligini baholaydigan mezonlarimiz yöq. Birinçi qilinadigan iş: adabiyotşunoslar, tilşunoslar, psixologlar jamoalarini yiğib asar tili masalasini körib çiqiş va şakllantiriş kerak.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.