«Jasliq» sözi tilda xuddi bolalar oromgohidek jaranglasa-da, aslida u yaqin-yaqingaça jahonning eng repressiv rejimlaridan bölgan tizim duşmanlari izolyatsiya qilinadigan va qiynoqlarga solinadigan qamoqxonalardan biri edi.

Hozirga kelib, Özbekistonning islohotçi prezidenti Şavkat Mirziyoyev uni yopişga qaror qilgan», deb yozadi The Economist.

Uşbu nufuzli naşrning 10 avgust kungi sonida 19-sonli jazoni ijro etiş koloniyasining tugatilişi töğrisida maqola çop etildi.

«Jasliq» örta asrlar uslubidagi varvarizmga öxşab ketgan – 2002 yilda bu qamoqxonada ikki mahbus qaynatilgan suvga solinişi va oqibatda ular halok bölişi bu fikrni dalillaydi. Bu yerda din va siyosat muxoliflari metall tayoq bilan kaltaklanişi, tirnoqlari olib taşlanib, elektroşokka duçor qilinişi holatlari ham kuzatilgan», – deya qamoqxonaga ta'rif berilgan maqolada.

Muallif yoki mualliflar jamoasi çöl örtasida joylaşgan bu qamoqxonada havo harorati +45 darajadan -35 darajagaça farq qilişi, koloniya Toşkent şahridan 1400 km uzoqlikda, eng yaqin şahardan 180 km masofada joylaşgani tufayli mahbuslar qoçişni xayollariga keltirişining özi ham imkonsiz bölganini qayd etib ötgan.

«Jasliq xuddi sovet davridagi Sibir lageriga öxşab ketardi va uning modeli aynan öşa lagerlardan olingan edi», – deya yozgan muallif.

Maqolada qamoqxona 1999 yil Toşkentda bölib ötgan portlaşdan söng Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov körsatmasi bilan oçilgani iddao qilingan. 

«Hozirgi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev mamlakatda olib borayotgan siyosiy va iqtisodiy liberal islohotlari bilan jahonni hayron qoldirib, 50 nafar siyosiy mahbusni ozodlikka çiqardi, ekstremistik oqimga aloqasi bor deb gumonlangan 20 ming kişini qora röyxatdan öçirdi. 

Şuningdek, Mirziyoyev Özbekistonda aybni tan oldiriş uçun qiynoqqa soliş çoralarini taqiqladi; nafaqat «Jasliq», balki butun tergov tizimida avj olgan zöravonlikka çek qöydi», – deb davom etgan xalqaro naşr. 

The Economist naşriga köra, hukumat vakillari uşbu koloniya yopilişini mamlakatda inson huquqlari tomon qöyilgan qadam sifatida taqdim etayotgan bölsa-da, uning tarixi va unda mahbuslar qiynoqqa solinganini inkor etmoqda.

Maqolada, şuningdek, davlat jinoiy masalalarda oçiqlikni köproq ta'minlaşi zarurligi ta'kidlangan.