Xalqaro taşkilotlar Jasliq koloniyasi qiynoqlar va zulm maskaniga aylangani sababli uni yopişni sörab Özbekiston hukumatiga bir neça bor murojaat qilişgan. Biroq uşbu sörovlar har safar e'tiborsiz qoldirilgan yoki turli bahonalar bilan rad etilgan. Şavkat Mirziyoyev davrida Jasliqda qiynoqlar qöllangani rasman tan olindi va uni tarix sahifalaridan batamom öçiriş haqida qaror qabul qilindi.

Kun.uz uşbu koloniyada jazo muddatini ötagan, bugungi kunda ozodlikda bölgan ikki sobiq mahkum bilan u yerda körgan-keçirganlari haqida suhbatlaşdi.

“Jasliqda ötkazgan kunlarimni duşmanimga ham ravo körmayman”

Ayni paytda Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanida yaşayotgan, asli sirdaryolik huquq faoli A'zam Farmonov umrining 11,5 yilini Jasliqda ötkazgan.

 “2006 yilda soxta ayblov bilan qamalganman. Öşa paytda Özbekiston Inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyat bölimi rahbari edim. Meni tovlamaçilikda ayblaşgan, jinoyat işi yasama bölgani uçun norozilik sifatida sudda sudyaga teskari qarab ötirganman. Garçi aybim rad etib bölmas dalillar bilan isbotlab berilmagan bölsa-da, sud tomonidan 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindim. 2016 yilning mayida jazo muddati tugaş arafasida unga qamoqxona içki tartibini buzganlik aybi bilan 5 yil-u 26 kun muddat qöşib berildi.

11,5 yil mobaynida Özbekistondagi eng qörqinçli qamoqxonalardan biri – Jasliq koloniyasida böldim. Jismoniy va ruhiy qiynoqlarni boşdan keçirdim. Lekin şunda ham kuraşni töxtatganim yöq. Garçi haqsizlikka qarşi sözim, harakatlarimdan söng qiynoqlarga duç kelgan, izolyatorga qamalgan bölsam ham Jasliq koloniyasidagi mas'ullarning mahkumlarga nisbatan munosabatlari notöğri ekanini, bu orqali ular jinoyatga qöl urişayotganini oçiq aytib keldim. Kuçim yetganiça atrofimdagi boşqa mahkumlarning huquqlarini himoya qilişga harakat qildim.

Foto: Voice of America

Jasliqda saqlanayotgan paytimda xalqaro taşkilotlar bu yerda mahkumlarga nisbatan qiynoqlar qöllanayotgani, men va boşqa siyosiy tutqunlar asossiz ayblovlar bilan bu yerda uşlab turilganimiz, şu sababli bizni ozodlikka çiqarişni sörab bir neça marta murojaat qilişgan. Lekin bu murojaatlarni Özbekiston hukumati har safar rad etgan. Şundan söng qiynoqlar bölayotganini isbotlaş uçun hayotimni xavf ostiga qöyib bölsa-da, qamoqxonadan xatlar çiqardim va har safargi xatimdan söng xalqaro hamjamiyatning bosimi kuçayib, bu ma'lum bir özgarişlarga sabab bölardi.