Uzcard va Humo yil oxirigacha integratsiya qilinadi
Humo kartalaridan Uzcard bankomatlari orqali va aksincha tarzda naqd pul yechib olish imkoniyati may oyigacha ishga tushishi kerak. Yil oxirigacha esa barcha terminallar har ikkala karta turini ham qabul qiladigan bo‘ladi. Bu – prezident qarorida belgilandi.
Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash topshirilgan.
Shuningdek, 2023 yil 1 mayga qadar muddatga Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi Markaziy bankning “Tezkor to‘lovlar” tizimiga integratsiya qilinadi.
- Uzcard va Humo to‘lov tizimlari integratsiya qilinishi haqida 2020 yildan buyon aytib kelinadi. Bu jarayon 2021 yil oxirigacha yakunlanishi haqida rasman e’lon qilingan, lekin bu amalga oshmay qolgandi.
Mavzuga oid
13:31 / 16.11.2024
Kaspi.kz Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishdagi ishtirokini to‘xtatdi
18:08 / 15.08.2024
Agar bank kartangiz paroli quyidagilardan biri bo‘lsa, uni o‘zgartiring - mutaxassis maslahatlari
16:43 / 14.05.2024
“Humo” to‘lov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi – Davaktiv
17:48 / 26.04.2024