Xöş, aslida tabiiy gaz aholiga va iste’molçilarga qanday yetkazib beriladi? Magistral gaz quvurlari atrofida mavjud muhofaza maydonlari haqida tasavvurga egamizmi? Magistral gaz quvurlari bilan qurilmalar orasida qança masofa bölişi kerak? Magistral gaz quvurlari aholi xonadonlariga yaqin joyda bölsa, mavjud xavf haqida nimalarni bilişimiz joiz?
Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi tasarrufida:
- Umumiy uzunligi: Magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlari - 748,8km.
- Gaz taqsimlaş stansiyani (Gs) - 49ta.
- “Ohangaron” gaz siqiş stansiyasini taşkil etadi.
- Magistral gaz quvurlar va uning tarmoqlari quvurlarining diametri 89 mmdan, 1220 mmgaçani taşkil qiladi. Magistral gaz quvurlari va uning tarmoqlaridagi işçi bosim
- 12 kgs/sm2.dan ÷ 40 kgs/sm2.gaça oraliqda özgarib turadi.
Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi tomonidan tabiiy gazni ölçov Özellari orqali “Öztransgaz” AJ tasarrufidagi qöşni Farğona MGQB, Toşkent viloyatiga hamda Toşkent şahri iste’molçilariga yetkazib beriladi, dedi Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi Gaz tarmoqlarini Ekspluatatsiya xizmati mutaxassisi S.B.Jovliyev. Bu quvurlar atrofida quvur hajmidan kelib çiqqan holda eng kam xavfsiz masofa va muhofaza mintaqalari belgilangan. Bunday maydonlarda bino-inşoot quriş yoki qişloq xöjalik ekinlari ekib foydalaniş xavflidir. “Öztransgaz”AJ, Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi tizimidagi mas’ul bölimlar mutaxassislari tomonidan muhofaza mintaqalarida joylaşgan qurilmalarni xavfsiz joylarga köçiriş, quvurlar atrofidagi mavjud xavf töğrisida muntazam tarzda tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borilmoqda. Natijalar bor. Lekin hali bu boradagi işlar töliq hal etilmagan joylar ham yöq emas.


Ekspluatatsiyaning normal şaroitini ta’minlaş va quvurlar buzilişiga (ularning har qanday ötkazilişidan qat’i nazar) yöl qöymaslik uçun «Magistral gaz quvurlarni himoya Qoidasi»ga va Özbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 69-moddasiga asosan, muhofaza mintaqasi örnatilgan:
Magistral gaz quvurlari yotqizilgan hududda joy mavzelari, aholi punktlari, sanoat va qişloq xöjalik korxonalari, imoratlar (turar joy va noturar joy binolar) qurilişi Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi tomonidan taqiqlangan.











