— Turkiyada yaşovçi hamyurtlarimiz uşbu mamlakatda energoresurslar qimmat, lekin barqarorligini ta’kidlaydi. Ya’ni odamlar qor yoki yomğir köp yoğgan paytlarda svet öçib qolişi, gaz bosimi tuşib kelişini öylaşmaydi. Aksariyat ekspertlar Özbekistonda ham xuddi şu narsa joriy etilişi mumkinligi, buning uçun soha xususiylaştirilişi kerakligini ta’kidlab keladi. Özbekiston hukumati ham şuning harakatida.

Ötgan yili 1 iyuldan elektr va gaz böyiça tabaqalaştirilgan tariflarga ötilişi e’lon qilingan, biroq jamoatçilik noroziligidan çöçigan hukumat oxirigaça turib berolmay bu islohotni noma’lum muddatga keçiktirgandi.

Nima deb öylaysiz, energoresurslar tarifi ikki baravar oşirilsa va iste’molçilar uçun ijtimoiy norma belgilab berilgandi, normadan köproq işlatganlar qimmatroq tölasa, tizimdagi muammolar hal böladimi? Yoki sohadagi korrupsiya, öğrilik, hisob-kitoblarda şaffoflikning yöqligi fonida bu islohot ham natija bermaydimi?

Umid Mamadaminov, Stantop Energy MÇJ rahbari:

— Tarif masalasini Moliya vazirligi qöyadi. Davlatga elektr tannarxni aslidan kamaytirgan holatda xalqqa sotadi. Lekin bu narsani doimiy uşlab turib bölmaydi. Bozor iqtisodiyotiga ötib borganimiz sari, narx ham kötarilib boşlaydi. Bu sohada xususiy kompaniyalar ham köpaymoqda, öz-özidan bozor muhiti paydo böladi.

Bozor muhitida esa biz xohlasak-xohlamasak öşa tizimga ötamiz. Bu narsa masalaning köp qismini hal qiladi. Işlab çiqaruvçi korxona öz xarajatlarini qoplab, foyda qilgaç, albatta, işlab çiqarişni oşiradi, sifatni yaxşilaydi. Bu holatda hududiy tarmoqlarda ham infratuzilma yangilanib boradi.