Maktab infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilib, unga har yili 1 milliard dollardan mablağ ajratiladi. Joriy yilda boşlanadigan “Yiliga 500 ming öquvçi örni” dasturi doirasida 2030 yilga qadar yangi maktablar barpo etiş va bor quvvatlarni oşiriş hisobiga, qöşimça 2,5 million öquvçi örni yaratiladi.
Bu haqda ma’lum qilgan prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, yangi taşkil etiladigan jamğarma mablağlari hisobidan 170 ta yangi maktablar qurilib, 3 ming 210 tasi rekonstruksiya qilinadi.
Mirziyoyev Buxorodagi uçraşuvda xususiy ta’limni rivojlantirişga oid rejalar haqida ham ma’lumot berdi.
“Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uçun oylik tölovining 450 ming sömi kompensatsiya qilib beriladi. Tadbirkorlarga xususiy maktab taşkil etiş uçun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi”, dedi u.
Xususiy maktablarda muallimlar uçun talablar davlat maktablari bilan bir xil böladi. Şu orqali maktablarda öquvçilar soni 35 nafardan köp bölgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor), deya ma’lum qildi prezident.
“Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming öquvçi örnini 2030 yilga qadar kamida 400 mingtaga yetkaziş böyiça barça şaroitlarni yaratib beramiz. Jumladan, yuqori sinfda aniq va tabiiy fanlar hamda çet tillarini çuqurroq öqitiş yölga qöyiladi. Kelgusi 7 yilda barça maktablarga “til egalari” bölgan öqituvçilarni olib kelamiz. Buning uçun har yili 200 milliard söm ajratiladi”, dedi nomzod.


















