«Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan qaror işlab çiqildi. Unga köra, öpirilgan töğonni ta'mirlaş, yetkazgan zararlar örnini töldiriş işlari «TöpalangsuvGESquriliş» MÇJ va «Özbekiston temir yöllari» AJga yuklatilgan. Ular özining hisobidan bu işlarni amalga oşirmoqda. Bu – birinçi bosqiçdagi iş. Bu işlar uçun davlat budjetidan bir söm sarflanmayapti.

Keyingi bosqiçda suv omborini qayta qurişga oid loyihalarimiz xalqaro ekspertizadan ötkazilganidan söng tenderga qöyiladi. Tender şaffoflik asosida ötkaziladi va unda kim yutib çiqişini vaqt körsatadi.

Oldindan bir narsa deya olmaymiz. Qayta quriş jarayoni qaçon boşlanişi ham aniq emas. Çunki töğonni qayta tiklaş ança vaqt oladi, buyoğiga şoşilib bölmaydi.

Hozir mavjud suvni uşlab turiş uçun betondan töğon qilindi. Suv omborning tabiiy qozonçasida suv böladi, töğon qismigaça çiqmaydi. Suv kerak, hududdagi minglab gektar yerlarni suğoriş kerak», deya quriliş vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Botir Zokirov ikkinçi bosqiçdagi işlarni bajaradigan kompaniya tender orqali aniqlanişini ma'lum qilgan.

«Quriliş vazirligining asosiy maqsadi loyiha qurilişlarida haqiqiy raqobat muhitini taşkil etişimiz kerak. Endi «TöpalangsuvGESquriliş» MÇJ haqida ham gapirsam, bu – közga köringan taşkilotlardan biri, Buxoroda yirik xalqaro loyihamiz bor, xorijiy mablağlar hisobiga quriladigan. Öşanda «TöpalangsuvGESquriliş» MÇJ 6-7ta çet ellik taşkilotlar orasida tenderni yutib çiqdi, sifati jihatdan ular olib borayotgan işlarga mening e'tirozim yöq. Sal şoşilmaylik, hamma javoblar çiqadi, kim nima ayb qilgani», deya qöşimça qildi u.

Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev ham suv omborini kim qayta qurişi xalq bilan maslahatlaşilişini, şundan söng tender ötkazilişini ma'lum qilgan.

«Hamma obektlarni «TöpalangsuvGESquriliş» MÇJ qurayotgani yöq. Masalan, Markaziy Farğona suv ombori, Bulunğurda suv ombor qurilyapti va ularni boşqalar quryapti. U yerda şaffof tenderlar böladi. Hozir taşkilotlarimiz texnikalar olyapti, tajriba orttiryapti, hozir tenderlar butunlay yangiça, şaffof böladi. Hatto tender a'zolari bilmaydi qaysi hujjat qaysi taşkilotniki ekanligini.

Hozir vaqtinçalik töğon böldi, u jarayonda «TöpalangsuvGESquriliş» MÇJ qatnaşdi. Lekin ikkinçi bosqiçda şaffof tender böladi. Hali loyihaning özi tugallanmagan, u tugallanadi, xalq bilan maslahatlaşiladi, söng tender böladi.