Toshkent shahrida havo ifloslanishi ortyapti. Ekologiya vazirligi izoh berdi
Oxirgi haftalarda Toshkent shahri havosida zaharli PM2.5 zarrachalari 15 martagacha oshishi kuzatildi. Bunga kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transporti ko‘pligi, keng ko‘lamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi kabilar sabab bo‘lyapti, deb izoh berdi Ekologiya vazirligi.

Foto: Kun.uz
Bugun, 2 oktyabr kuni 9:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo tarkibidagi PM2.5 zarrachasi JSST tasdiqlagan me’yordan 8.4 barobarga ko‘paygan. Sentyabr oyida ham shaharda havo ifloslanish darajasi bir necha marta ortgandi. Kun.uz so‘roviga javoban Ekologiya vazirligi ifloslanish manbalari haqida ma’lumot berdi.
Vazirlik izohiga ko‘ra, respublikada havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bog‘liq. Shuningdek, kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turg‘unligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi. “Bundan tashqari, shaharlardagi atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining ko‘pligi, yo‘llarning tirbandligi, keng ko‘lamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi — bularning barchasi meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib kelmoqda”, – deyiladi vazirlik izohida.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 638,8 mingdan ortiq transport vositasi mavjud, unga qo‘shimcha ravishda bir kunda poytaxtga o‘rtacha 150 mingdan 300 minggacha transport vositasi kirib keladi. Toshkent shahrida transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2021 yilda 212,4 ming tonna, 2022 yilda esa 403 ming tonnani tashkil etgan, ya’ni zararli tashlamalar 190,6 ming tonna (47,3 foiz)ga ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, 29 sentabr soat kechki vaqtda Toshkent shahrida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi 166 mkg/m3 ni tashkil etib, xalqaro IQair ma’lumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan shaharlar reytingida 2-o‘rin deb e’lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Jahon | 17:35
-
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 17:32
-
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Jahon | 17:24
-
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:09
Mavzuga oid

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

12:54 / 04.03.2025
Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

15:31 / 12.02.2025
Ekovazirlik nega issiqxonalar atrofidagi havoni toza deb o‘lchaganini izohladi

15:38 / 10.02.2025