1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ayni paytda umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6,5 mlndan ortiqni tashkil etadi.

Kun.uz muxbiri Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 190-maktabda o‘quv yilining boshlanishini kuzatdi. Bu maktab 10 ta birinchi sinf (1-“A” – 1-“K”) o‘quvchilarini qabul qildi.

Tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi.