Feodosiya portida raketa zarbasidan tufayli çiqqan yonğin va keyin röy bergan kuçli portlaşning turli rakurslardan olingan videolari seşanbaga ötar keçasi mahalliy aholi vakillari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. Köp ötmay zarba faktini okkupatsiya hukumati rahbari Sergey Aksenov ham öz telegram-kanalida tasdiqladi.
«Port hududi örab olindi. Ayni damda portlaş töxtagan, yonğin öçirilmoqda. Voqea joyida barça tegişli xizmatlar işlamoqda. Bir qança uylar aholisi köçiriladi», – deya yozdi u.
Keyinroq esa Ukraina havo kuçlari qömondoni Mikola Oleşçuk Feodosiya portida «Novoçerkassk» yirik desant kemasi aniq nişonga olingani haqida xabar berdi. Şu bilan birga, general-leytenant Oleşçuk ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa postida bu amaliyot uçun uçuvçilarga va «boşqa barça aloqador şaxslar»ga minnatdorçilik bildirgan.
Tvitterda oçiq razvedka ma’lumotlari bilan işlovçi Tatarigami_UA sahifasi muallifi Feodosiyaning 24 dekabr kungi sun’iy yöldoş tasvirlarini soliştirib körgan va mazkur tipdagi desant kemasi – «proyekt 775» desant kemaning joylaşuvi tungi portlaş hududiga mos kelişini tasdiqlagan.

Seşanba tongida Ukraina havo kuçlari zarba qanotli raketalar bilan yöllanganini ma’lum qildi – aynan qaysi tipdagi raketadan foydalanilganiga aniqlik kiritilmadi.
Ukraina aviatsiyasi bungaça Qrimdagi nişonlarga britanlarning Storm Shadow qanotli raketalari va ularning samolyotdan uçirilgan muqobil variantlari bilan zarbalar yöllagandi. Katta ehtimol bilan, bu safargi hujumda ham aynan şunday raketalar qöllangan.
«Agar arçamiz ostida yangi sovğalar ham paydo bölmagan bölsa», — deya fikr bildirgan ukrainalik şarhlovçilardan biri ijtimoiy tarmoqda. Uruş davomida Ukraina va uning ittifoqçilari yangi turdagi qurollar yetkazib berilgani haqida ular qöllab bölinganidan keyin xabar berişi bir neça bor kuzatilgandi.
RF mudofaa vazirligi ham Feodosiyada «Novoçerkassk» yirik desant kemasi Ukraina qurolli kuçlarining aviatsiya zarbalarini qaytariş çoğida şikastlanganini tasdiqlagan. Şu bilan birga, havo hujumidan mudofaa kuçlari ukrainlarning raketa uçirgan ikkita Su-24 samolyoti yöq qilinganini bildirgan.

















