Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 21 noyabrdagi yalpi majlisida «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Deputatlar qonun loyihasini konseptual jihatdan birinçi öqişda ma'qullagan, deputatlar tomonidan köplab savollar va takliflar berilgandi. Parlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi hamda Davlat budjeti boşqarmasi oldiga hukumat bilan birgalikda loyihani ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza, takliflar asosida, mutaxassislar va ekspertlar iştirokida har taraflama muhokama qilib, maromiga yetkaziş topşirilgan edi.

Qonun loyihasi ikkinçi öqiş uçun yalpi majlisga kiritilguniga qadar bölib ötgan qömitalar, fraksiyalar, işçi guruh yiğilişlari hamda palata yalpi majlisidagi muhokamalarda 100dan ortiq takliflar bildirildi. Ulardan 60ga yaqini prinsipial takliflardir.

Deputat Maqsud Qurbonboyevning aytişiça, taklif va mulohazalardan hamda qonunçilik texnikasi, tilşunoslik qoidalaridan kelib çiqib, qonun loyihasining 17ta moddasiga 42ta özgartiriş, 4ta moddasiga qöşimçalar kiritildi, 2ta moddasi esa töliq çiqarib taşlandi.

Maqsud Qurbonboyev

Şuningdek, ayrim masalalar mazkur qonun loyihasi predmeti emasligidan kelib çiqqan holda, boşqa qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş orqali hal etilişiga kelişildi. Boşqalari böyiça asosli tuşuntirişlar berildi.

Jumladan, qonun loyihasi taşabbuskorlari tomonidan yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği respublika budjetiga ötkazilişi taklif etilgan edi. Deputatlarning bu tartib mahalliy hokimliklarning tadbirkorlik sub'yektlarini taşkil etişga bölgan qiziqişini kamaytirişi mumkin, degan fikridan kelib çiqib, yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği tuşumlarining mahalliy budjetlarda 50 foizi qoldiriladigan böldi.

Aholining ijtimoiy himoyalaş maqsadida loyihaning 21-moddasiga qöşimça ravişda mahalliy budjetlar daromadlarining prognoz körsatkiçlari mahalliy hokimliklarning faoliyatiga boğliq bölmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa