2020 yil 7 dekabr kuni şaxsini sir saqlaşni söragan “X” ismli fuqaro huquqni muhofaza qiluvçi idoraga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Boş prokuratura.
U tanişi, tadbirkor J.Z. (1994 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan) uni muqaddam bosqinçilik jinoyati uçun sudlanganligidan xabar topib, öziga raqobatçi deb bilgan tadbirkor M.D.ni öldirişga buyurtma qilib, evaziga 5000 AQŞ dollari berişni va'da qilgani, taklifini rad qilgan taqdirda boşqa şaxslarni yollab bölsa ham uni öldirişini aytgani va oldindan 1000 AQŞ dollari bermoqçi bölganligini ma'lum qilib, uni jinoyat sodir qilişga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
2020 yil 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda “X” ismli şaxs Guliston şahrida joylaşgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ning qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va boş qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun'iy ravişda yaratilgan fotosuratini körsatgaç, buyurtmaçi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Boğiston mahallasi hududida unga 4000 AQŞ dollarini bergan vaqtida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi J.Z. protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.













