Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov 15 aprel kuni 58 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga köra, u koronavirusga çalinib, sönggi kunlarda Zangiotadagi şifoxonada davolanayotgandi.
Mirza Azizov 1963 yil Namangan viloyati Çust şahrida tuğilgan. 1989 yili Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatriga aktyor lavozimiga işga qabul qilingan.
1999 yili Özbekistonda xizmat körsatgan artist, 2015 yili Özbekiston xalq artisti faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
U 2016 yildan Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Mirza Azizov musiqali teatr aktyori sifatida «Yusuf va Zulayho»da Fir'avn, «Farhod va Şirin»da Bahrom, «Nodirabegim» musiqali dramasida Madalixon, «Alpomişning qaytişi» spektaklida Alpomiş obrazlari orqali tomoşabinlar mehrini qozongan edi.
Mirza Azizov rejissyorlik san'atida ham öz mahoratini namoyon qilib, ğoyaviy-badiiy jihatdan yetuk spektakllar sahnalaştirgan. Uning «Töda» spektakli 2005 yilda Qohira şahrida ötkazilgan XVII Xalqaro eksperimental teatrlar festivalida 94 mamlakat içidan laureat bölgan.
U köplab filmlarda yetakçi rollarni öynagan. Jumladan, «Köngil köçalari» serialida Sanjar, «Ostona»da mayor Möminov, «Imom Buxoriy»da habaş, «Gulxan atrofidagilar»da Hazrat Qorayeviç kabi rollari orqali milliy seriallarda hamda «Muhabbat sinovlari» filmida Aziz Mirzayeviç, «Tubanlik»da Turğun hoji, «Marğiyona»da temirçi, «Muruvvat»da Qodir, «Muhabbatimsan»da Şuhratxöja, «Gumrohlar»da Mirza Mahmudov, «Novda»da boş vraç singari 50dan ziyod kinolarda asosiy rollarni ijro etib, xalq dilidan joy olgandi.
Kun.uz marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.












