Bu haqda adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulov Kun.uz’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Agar kimda-kim kasalligini bila turib, u boşqalarga ham yuqişiga qasddan yöl qöysa, bu karantin tartibini buzişning oğir oqibatga olib keladigan bir körinişi hisoblanadi.

Mazkur harakat (harakatsizlik) fuqarolarning kasallanişiga yoki ölimiga olib kelsa, javobgarlikning kölami kattaroq böladi.

Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga töxtaladigan bölsak, fuqarolarning ölimi yoki kasallik tarqalişiga sabab bölgan holat – oğirlaştiruvçi holat böladi. Ya'ni 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazoga sabab bölişi mumkin.

Akbar Toşqulov

Agar fuqaro haqiqatan qasddan kimgadir tarqatadigan bölsa, bunday fuqarolar albatta qonun oldida javob beradi. Agar ataylab tarqatilgani aniqlanadigan bölsa, Jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan javobgarlikka sabab böladi», – dedi Akbar Toşqulov.

Vazir örinbosari, şuningdek, karantin holatida fuqarolar örtasida vahima uyğotgan şaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortilişini eslatib ötdi.

«Fuqarolar yoki mansabdor şaxslar tomonidan karantin tartiblarini buzganlik uçun qonunlarimizda qat'iy javobgarlik çoralari közda tutilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 2441-moddasiga asosan, karantin holatlarida fuqarolar örtasida vahimali gaplarni tarqatganlik uçun ham jinoiy javobgarlik belgilangan

Fuqarolarimiz vahimaga berilişlari kerak emas. Hozirgi kunda hukumat hamma masalalarda tegişli çoralarni köryapti. Joylarda dezinfeksiya işlarini amalga oşirilmoqda, tibbiyot muassasalari kerakli dori va himoya vositalari bilan yetarliça ta'minlangan, virusga çalingan fuqarolarni davolaş, aholini tegişli ma'lumotlar bilan ta'minlaş böyiça barça çoralar körilyapti», deydi Akbar Toşqulov.

Avvalroq Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov ham karantin böyiça amaldagi qonunçilik talablarini buzgan fuqarolar jiddiy javobgarlikka tortilişidan ogohlantirgandi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusga çalingan ilk bemor aniqlandi