25 yoş inson umrining gullagan damlariga boy, jöşqin tarzda ötişiga örganganmiz. Farğonalik E’zozxon öz hayotining şu pallasini oğir dard qurşovida, azoblar, oğriqlar hamrohligida ötkazmoqda. Biroz muddat avval onasidan ayrilgan qiz akasi va kelinoyisi qaramoğida qolgan. Tört yildan beri jigar sirrozidan aziyat çekayotgan E’zozxonga şifokorlar jigar köçiriş operatsiyasini tavsiya qilişgan. Şu sababli bor imkoniyatlarini işga solgan akasi singlisini davolatiş uçun Hindistonga olib ketadi.

“Oilada ikki farzandmiz, akam bor. Menga öz jigarini bermoqçi edi, lekin gepatit virusi borligi uçun buning iloji yöq ekan. Şu sabab donor ham qidiryapmiz. Hozir akam va kelinoyim bilan Hindistondamiz.

Akamning özi oddiy işçi – 1,5 mln söm oylikni mening dori-darmonlarimga yetkazolmayapti. Onam vafot etgan”, – deya yiğlaydi bemor.

Uning yaqinlariga köra, operatsiya uçun ketadigan xarajatlar tufayli vatandoşlaridan yordam kerak:

“Qölimizdan kelgança davolatişga harakat qildik. Operatsiya zarurligi uçun borimizni töplab kelganmiz. Donor bölmagani uçun bu yanada qimmatlaşdi. Hozir bizga 40 000 AQŞ dollari kerak bölyapti, ammo bunça mablağimiz yöqligi uçun operatsiya töxtab turibdi”.

Tanaga bemorlik yetganida yaxşilar yordamidan umidvor böliş öşa yurtda saxiylar köpligidan dalolat. Bu fikrimiz yana bir bor öz tasdiğini topadi deb umid qilamiz.

E’zozxon Nişonovaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0609 0887 0356 bemor E’zozxon Nişonova nomida

Viza: 4790 9122 1076 9131 akasi Avazbek Nişonov nomida

Manzil: Farğona viloyati, Qöştepa tumani, Qorajiyda qişloği, Hamjihat köçasi, 6-uy.