Kam ta'minlangan, uy-joyga muhtoj, oğir vaziyatga tuşib qolgan şaxslarga uy sotib oliş uçun subsidiyalar tölaş tartibi belgilandi
|04:49 / 12.04.2020131 2447 min
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan daromadi yuqori bölmagan, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj oilalar, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoşlarga uy-joy sotib olişda subsidiyalar tölaş tartibi belgilandi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
“2019 yil 28 noyabrda qabul qilingan “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmonida kam ta'minlangan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölganlarga ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplaş uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan subsidiyalar tölanişi belgilangan edi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan ayrim şaxslarga uy-joy sotib olişda (ipoteka kreditlari tölovi uçun) subsidiyalar tölaş tartibi belgilandi.
Subsidiyalar – daromadi yuqori bölmagan, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj bölgan oilalar, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoşlar va şu toifadagi boşqa şaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olişlari uçun boşlanğiç badal yoki kredit foiz tölovlarining bir qismini qoplab beriş maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablağlardir.
Hukumat qaroriga köra, 18 yoşga tölgan Özbekiston fuqarolari (fuqaro mehnat migranti bölganda uning nomidan oila a'zolari ham ariza berişi mumkin) uy-joy sotib olişda boşlanğiç badal yoki kredit foizini bir qismini qoplaş böyiça subsidiyalar oliş yuzasidan yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali ariza berişlari mumkin”, dedi Sevara Zokirova.
Uning aytişiça, ariza beriş jarayonida quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:
– jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari;
– oila a'zolarining şaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari
va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (töliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bölganda) va farzandlarining tuğilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bölsa) nusxasi;
– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi töğrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati töğrisida FHDYo organlari arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
– turar-joyining kadastr raqami va turiga tegişli ma'lumotlar;
– turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartoçkasining (17-şakl böyiça) nusxalari;
Mavzuga oid
– ariza beruvçi va birgalikda qarz oluvçilarning daromadi hamda uşlab qolingan daromad soliqlari haqida ma'lumotnoma.
Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatçisi Abror Maxsudovning aytişiça, subsidiyalar tölaş böyiça mas'ul organlar (içki işlar bölimi, moliya bölimi, davlat soliq inspeksiyasi, bandlikka kömaklaşiş markazi, kadastr korxonasi, mahalla va oilani qöllab-quvatlaş bölimi, Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi, tuman (şahar) hokimliklari, iştirok etuvçi tijorat banklari) 10 iş kunida ariza beruvçilarga mezonlar böyiça ball beradi.
“Subsidiyalar tölaş böyiça komissiya olingan baholaş natijalarini 7 iş kuni içida körib çiqib, ariza beruvçiga subsidiya ajratiş yoki uni rad qiliş haqida qaror qabul qiladi hamda uni Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali ariza beruvçiga yuboradi.
Ariza beruvçi subsidiya oliş haqida xabarnoma olgan taqdirda 1 oylik muddatda uy-joy sotib oliş böyiça xususiy (pudrat) taşkiloti bilan şartnoma tuzadi hamda tegişli tijorat bankiga murojaat qiladi.
Tijorat banki 3 iş kuni davomida ariza beruvçiga ipoteka ajratiş masalasini körib çiqadi.
Kredit şartnomasi tuzilganda tijorat banki subsidiyani tölab beriş böyiça tuman (şahar) ğaznaçilik bölimiga buyurtmanoma yuboradi va ğaznaçilik bölimi 3 iş kuni davomida belgilangan subsidiyani tölab beradi. Oylik foiz tölovi uçun subsidiya ajratilganda ğaznaçilik bölimi har oyning 25 sanasiga qadar oylik foizlar böyiça subsidiya tölovini ötkazib boradi.
Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi pasaytirilganda ipoteka kreditlari böyiça foiz stavkalari mutanosib ravişda pasayadi, kötarilganda esa özgarişsiz qoladi”, deydi Abror Maxsudov.
Mutaxassisning qayd etişiça, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Quriliş vazirligi hamda tegişli hokimliklar bilan birga hududlarda quriladigan uy-joylar sonidan kelib çiqib, yil davomida ajratiladigan subsidiyalar miqdori haqida ommaviy axborot vositalarida ma'lumot beradi;
Şuningdek, mazkur qaror bilan subsidiya ajratişda nomzodlarni tanlab olişda ularga baho berişning mezonlari ham tasdiqlandi. Unga köra, ariza beruvçi yoki uning oilasining daromadi (mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorida), turgan joyi maqomi (ijara, öz mulkida va boşqa asoslarda), ijtimoiy himoyaga muhtojligi (“labour-migration” dasturidan röyxatdan ötgan mehnat migrantlari, yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, alohida namuna körsatayotgan yoş oilalar, yolğiz boquvçiga ega bölgan oila — erkak va boşqalar), oilada quyidagilarning mavjudligi (birinçi guruh nogironi bölgan şaxs, surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi şaxs, oğir nogironlikka olib keluvçi kasallikka çalingan bolani parvarişlayotgan şaxs) kabi mezonlar belgilangan.
“Agar talabgor ipoteka şartnomasi böyiça şartnoma majburiyatlarini (tölovlarni) surunkali ravişda bajarmasligi oqibatida ipoteka şartnomasi bekor qilinsa, şartnoma böyiça undiriladigan mablağlar, şu jumladan, ajratilgan subsidiyalar garovdagi uy-joy sotilişidan töliq ravişda qaytariladi.
Şu bilan birga, uy-joy sotib olişda subsidiya ajratiş bilan arzon uy-joy olişni çalkaştirmaslik kerak. Amalda mavjud arzon uy-joy uçun NAVBATlaringiz DXMlar orqali özgartirilmaydi, Markazning bu masalaga aloqasi yöq. Mazkur masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etiş lozim.
Faqat siz subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali murojaat qilasiz va natijasini olişingiz mumkin, qolgan masalalarni, ya'ni kimga, qaysi hamda qança miqdorda subsidiyalar ajratişni taşkil etiladigan komissiya tomonidan hal qilinadi. Buni hal qilişga Davlat xizmatlari markazi aralaşmaydi”, deydi Abror Maxsudov.
*) Örtaça oylik daromadi:
qişloq joylarda – MHTEKMning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan köp;
şaharlarda – MHTEKMning 4,0 baravaridan kam va 6,5 baravaridan köp;
Toşkent şahrida – MHTEKMning 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan köp bölgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.
**) Töliq öz mulkida uy-joyga ega bölgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
***) III bölimdagi “Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan ayollar” mezoni böyiça
10 ball olgan nomzodlarga IV bölim mezonlari böyiça ball berilmaydi.
Şuningdek, IV bölim mezonlari böyiça 10 ball olgan nomzodlarga III bölimdagi “Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan ayollar” mezoni böyiça ball berilmaydi.
****) IV bölim böyiça ball bitta mezonga beriladi.