Fojia sodir bölgan vaqtda liftda favqulodda çaqiruv yoki avariya-qutqaruv xizmatiga xabar beruvçi tugmalar işlamagani ma’lum böldi. Şu bois ham qutqaruv xizmatiga heç qanday çaqiruv kelib tuşmagan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Lift “svet” öçgani sabab töxtab qolmagan”
Poçtaçi bölib işlagan 32 yoşli Olga Leonteva 24 iyul kuni manzillarga xatlarni tarqatiş uçun çiqib ketib uyiga qaytmagani, uning jasadi oradan uç kun ötgaç yangi uylardan birining liftida topilgani haqida xabar bergandik. Dastlabki xabarlarda lift elektr ta’minotidagi uziliş sababli töxtab qolgani aytilgandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev Kun.uz’ga fojia röy bergan kunlarda lift joylaşgan köp qavatli uyda elektr ta’minotida uzilişlar bölmaganini ta’kidladi.
“Lift “svet” öçgani sabab töxtab qolgani haqidagi gap-sözlar asozsiz.Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar tarqatilganidan keyin holatni örganiş uçun voqea joyiga yetib keldik. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari vaziyatni atrofliça örganişdi. Parkent köçasida yangi qurilgan 269-sonli köp qavatli uy Mirzo Uluğbek tumani hududida joylaşgan bölsa-da, elektr energiyasini Yaşnobod tumani ETKdan oladi. Korxona xabariga köra, 23—24 iyul kunlari hodisa sodir bölgan hududda elektr energiyasi ta’minotida uziliş bölmagan.
Töğri, keyingi paytda hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovçi yuqori kuçlanişli qurilmalarning qizib ketişi natijasida avariya holatlarida uzilişlarning oldini oliş maqsadida poytaxt tumanlari böylab rejali öçirişlari bölib turibdi. Bu haqda öz vaqtida aholiga xabar berib boryapmiz. Ammo fojia röy bergan kuni uşbu hududda rejali öçiriş ham, tarmoqda avariya ham kuzatilmagan. Buni dispetçerlik xizmatining favqulodda öçirilişlar töğrisidagi qaydlari tasdiqlaydi. Hududda uzilişlar yoki avariyaviy holat kuzatilsa, bu aniqlangan bölardi”, deydi Faxriddin Nuraliyev.
Yaşnobod TETK dispetçerlik xizmatining favqulodda öçirilişlar töğrisidagi qaydlari
Kun.uz bilan suhbatlaşgan mutaxassislarga köra, lift elektr ta’minotidagi uzilişlar sababli öçib qolgan taqdirda u “svet” kelişi bilan işlab ketgan bölardi. “Yuqori qavatda qolib ketgan lift uç kunlab işlamagan ekan, muammoning sababini boşqa joydan qidiriş kerak” deb aytmoqda ular.
Sozmi, nosozmi?
Mavzuga oid
Boş prokuratura 28 iyul kuni poçtaçi ayolning jasadi topilgan lift nosoz bölganini ma’lum qilgan, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi esa buni rad etib çiqqandi.
Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda tekşiriş davomida uşbu lift bir neça kundan buyon işlamayotgani, oldin ham işlamay qolişi holatlari köp marotaba bölgani haqida muqimlar tomonidan tuşuntirişlar berilgani ta’kidlanadi.
Boş prokuratura bayonoti Skrinşot: Telegram/@ uzbprokuratura
Biroq fojia yuzasidan munosabat bildirgan Sanoat xavfsizligi davlat qömitasiga köra, tekşiruv davomida liftning xavfsizlik moslamalari işçi holatdaligi aniqlangan.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi bayonoti Skrinşot: Telegram/@ uzbprokuratura
Xöş, bu örinda kimga işoniş kerak? Boş prokuraturagami yoki Sanoat xavfsizligi davlat qömitasiga? Jamoatçilikda uyğongan şubha-gumonlarga çek qöyiş maqsadida Boş prokuratura matbuot xizmati yangi bayonot bilan çiqib, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining iddaolariga munosabat bildirdi.
“26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoşlari ayolni topib beriş yuzasidan içki işlar idorasiga murojaat qilişgan. 27 iyul kuni uy yaşovçilari tomonidan marhuma ayol lift içidan topilgan. Mazkur holat yuzasidan prokuratura tekşiriş ötkazişni boşlagan.
Şu orada, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, e’tibor bering “28 iyul kuni mutaxassislar tomonidan joyiga çiqib örganilganida, lift qurilmasining xavfsizlik moslamalari işçi holatdaligi yuzasidan birlamçi körik işlari amalga oşirildi va ularning işçi holatdaligi aniqlandi” deb rasmiy munosabat bildirgan.
Vaholanki, lift 24-28 iyul kunlari işlamayotgani voqea guvohlari, uy yaşovçilari öz tuşuntirişlarida, şuningdek, voqea joyida xolis suriştiruv olib borgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning videoreportajlarida töliq öz tasdiğini topgan”, deyiladi bayonotda.
Çindan ham Milliy TV, Daryo, Qalampir, Xabardor internet-naşrlari tomonidan e’lon qilingan suriştiruvlarda ham liftning nosoz ekani aniqlangan, muqimlar ham buni tasdiqlaşgan.
Liftning avariya-qutqaruv tugmasi işlamagan
Hodisa yuzasidan Kun.uz ham öz suriştiruvini ötkazdi. Unda fojia röy bergan uyda yaşovçi Alişer Abdullayev liftda favqulodda holat paytida fuqarolarning joniga ora kirişi lozim bölgan tugmalar işlamasligini ta’kidlagan.
“Liftda favqulodda çaqiruv yoki avariya-qutqaruv xizmatiga xabar beruvçi tugmalar işlamaydi. Agar şu tizimlar işlab turganda ayol özi tuşib qolgan favqulodda holat haqida xabar bera olgan va uning joni omon qolgan bölardi”, deya ta’kidlagan Alişer Abdullayev.
Şuningdek, u bundan bir neça kun oldin liftga çiqqan vaqtda u töxtab qolgani, baxtiga lift tuzatadigan ustalar u paytda şu yerda işlayotgani va ular singlisini qutqarib olganini aytib bergan.
FVV matbuot kotibi Murod Sodiqov Kun.uz söroviga javoban fojia röy bergan kunlari uşbu köp qavatli uyda joylaşgan liftlardan qutqaruv xizmatiga heç qanday çaqiruv kelib tuşmaganini bildirdi.
Fojia sodir bölgan lift Foto: Kun.uz
Şu uyda yaşovçi boşqa fuqaro uşbu turar joy Real House brendi egalik qiluvçi Lotus Gaz Invest kompaniyasi tomonidan qurilgani, aholi bu yerga köçib kelgan vaqtda liftlar hali örnatilmagani, odamlarning tinimsiz murojaatlaridan söng liftlar olib kelib örnatilganini aytmoqda.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi lift 2021 yilda Xitoyning Aoyama Elevator Global kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgani, yuk kötariş quvvati 630 kg ekanini ma’lum qilgan. Lift Arena Avto Trans Servis tomonidan örnatilgan va 2022 yilda quruvçiga topşirilgan.
Biroq Parkent köçasida yangi qurilgan 269-sonli köp qavatli uyni qurgan quruvçi firma liftning tegişli hujjatlarini boşqaruv servis kompaniyasiga taqdim etmagan.
Uyda yaşovçilardan biri quruvçi tomonidan talabga javob bermaydigan lift olib kelib örnatilgani, sertifikatsiyadan ötmagani yoki qinğir yöllar bilan ötganini idda qilmoqda.
Ayni paytda fojia sabablari prokuratura organi tomonidan örganilmoqda. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsiddinov 32 yoşli ayolning liftdagi ölimi yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) bilan jinoyat qözğatilganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, liftda qamalib qolgan 32 yaşar Olga Lentevaning ölimiga şifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga köra, yurakning işemik kasalligi, ötkir yurak, qon-tomir va nafas yetişmovçiligi sabab deb körsatilgan.
Yöqolgan odamlarni topişga kömaklaşuvçi köngillilarning guruhida yozilişiça, marhumning 6 yaşar qizçasi bölgan. Bola buvisining qaramoğida qolgani aytilmoqda.