Oliy ta'limda kredit-modul: yangi öquv yilida talabalarni nimalar kutmoqda?
|23:00 / 22.07.2020224 16126 min
Universitetga öqişga kirganingizdan söng talaba sifatida u yerda aynan qaysi fanlarni örganişni qisman bölsa-da, özingiz tanlaşingiz mumkinligini heç tasavvur qilganmisiz?
Har bir öqituvçi semestr boşida talabalariga öz fani böyiça dasturini taqdim etib, unda uşbu fan nima haqidaligi, talabalar uşbu fanni örganiş natijasida amaliyotda nimalar qila olişi haqida batafsil tuşuntirib, şundan keyingina darslarni boşlaşini-çi?
Qöşimçasiga deng, oliy ta'lim muassasalari (OTM) özining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari böyiça kataloglar (kitobçalar) işlab çiqib, undan siz öqiş davomida qaysi fanlarni örganişingiz mumkinligi, uşbu fanlarni kimlar öqitişi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, könikma va mahoratlarga ega bölişingiz haqida batafsil ma'lumot olişingiz mumkin bölib, şundan söng öquv yili boşlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.
Özbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi»ga köra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötişi rejalaştirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 öquv yilining özida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga ötişi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilişi közda tutilgan.
Xöş, ta'limning kredit-modul tizimi özi nima? Uşbu tizim talabalarga nima beradi va nimalarni bajarişni talab qiladi? Uning amaldagi ta'lim tizimidan afzalliklari nimada? Quyida uşbu savollarga qisqaça javob berişga harakat qilamiz.
Ta'limning kredit-modul tizimi özi nima?
Bizga ma'lumki, hayotda köp narsalarni ölçov birligi mavjud. Masalan, vaqt ölçov birligi — soniya, soat, uzunlik ölçovi — metr, oğirlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuçlanişi ölçovi — volt.
Savol tuğiladi: ta'limning, xususan oliy ta'limning ham ölçov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta'limning ölçov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta'limning ölçov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.
Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan köra ança mukammal ölçov birligini olib kiradi.
Unga köra, universitetda ötiladigan har bir fan endilikda undagi öqiş yuklamasi miqdoriga qarab,
Mavzuga oid
kreditlarda
aks etadi. Masalan, har bir fan örtaça 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etişi mumkin. Talaba esa har semestr, öquv yilida muayyan miqdorda kreditlar töplab borişi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.
ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni taşkil etadi. Bir öquv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba öqişi davomida har semestrda 30 kredit töplab borişi kerak böladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba uşbu darajani qölga kiritiş uçun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallaş uçun esa 120 kredit töplaşi talab etiladi.
Kreditlar şunçaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarişi kerak bölgan ma'lum miqdordagi öqiş yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit örtaça 25-30 soatlik öqiş yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bölsa, talaba uşbu fan böyiça belgilangan miqdordagi kreditlarni qölga kiritiş uçun semestr davomida 150-180 soatlik öqiş yuklamasini bajarişi kerak böladi (25*6=150; 30*6=180).
Şunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uçun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, öqiş hali boşlanmasdanoq har bir fanni öqiş va örganişga qança vaqt sarflaşlari kerakligini bilib oladilar. Bu ham ta'limda şaffoflikning bir körinişidir. 1 kredit öqiş yuklamasi (25-30 soat oraliğida) aynan neça soat bölişini odatda har bir OTM özining içki qoidalarida belgilaydi.
Şuni ta'kidlaş kerakki, 1 kredit uçun belgilangan 25-30 soatlik öqiş yuklamasi bu fanni örganiş uçun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bölib, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni örganiş uçun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qöyingki talaba uşbu fanni özlaştiriş uçun sarflagan barça tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi.
Şunda talabada uşbu umumiy öqiş yuklamasining aynan qança qismi darsga, auditoriya soatlariga töğri keladi degan savol tuğilişi mumkin. Kredit-modul tizimi amaliyotida auditoriya va mustaqil öqiş soatlari nisbati örtaça 40/60 foizni taşkil etadi. Bu nisbat, boşqaça qilib aytganda, 1/1.5ga töğri keladi, ya'ni talaba muayyan fan böyiça belgilangan har bir soat dars uçun darsdan taşqari bir yarim soat mustaqil öqişi, tayyorlanişi kerak böladi.
Bunda OTM 1 kredit uçun 30 soatlik öqiş yuklamasi belgilagan bölsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning mustaqil öqiş soatlariga töğri keladi. Uşbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan öqiş yuklamasini aniqlaydigan bölsak, talaba uşbu fan böyiça belgilangan kreditlarni qölga kiritiş uçun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil öqiş yuklamasini bajarişi kerak böladi.
Yuqoridagi qoidalardan şuni tuşuniş mumkinki, ECTS kredit-modul tizimida talabaning bilim oliş vaqti tuşunçasi dars vaqti tuşunçasi bilan çeklanib qolmasdan, talaba öqiş uçun sarflagan umumiy vaqt bilan ölçanadi. Unda bilimning manbayi faqat öqituvçi yoki auditoriya emasligiga işora qilinadi. Qisqaça aytganda, kredit-modul tizimida öqiş vaqti tuşunçasiga öqituvçi nuqtayi nazaridan emas, balki talaba nuqtayi nazaridan yondaşiladi.
Talabaning öqiş yuklamasining bu tarzda taqsimlanişi talaba ta'lim oliş jarayonida mas'uliyatni ma'lum darajada öz elkasiga olişi, fan böyiça darsda va darsdan taşqarida muntazam ravişda öqib borişi kerakligini ham bildiradi.
Eslatib ötamiz, 1 soat auditoriya vaqti uçun talaba 1,5 soat uyda va kutubxonada öqişi zarur. Lekin bu jarayon köp jihatdan öqituvçining mas'uliyatiga ham boğliq. Çunki talabalar öz vaqtlaridan samarali foydalanişlari uçun ularga darsdan taşqarida öqiş uçun qiziqarli materiallar va topşiriqlar berib boriş öqituvçining vazifasidir.
Şuning uçun kredit-modul tizimiga ötiş öqituvçilarning iş yuklamalarini ham qayta körib çiqişni, ularning iş yuklamalari ular öqitadigan fan kreditlaridan kelib çiqqan holda belgilanişini taqozo etadi. Amaldagi tizimda esa öqituvçilar iş yuklamasi faqat auditoriya soatlariga boğlab qöyilgan. Talabaning öqiş yuklamasi bu tarzda — auditoriya va mustaqil öqiş soatlariga ajratilişi OTMlar kutubxonalarida şaroitlarni yaxşilaş, sifatli öquv qöllanmalari kölamini yanada kengaytirişni ham taqozo etadi.
Bularning barçasi ECTS kredit-modul tizimining miqdoriy tuşunçalari va işlaş mexanizmi haqidagi asosiy qoidalar edi. Endi quyida kredit-modul tizimi bizga nimalarni beradi, degan savolga aniq misollar bilan javob berişga urinib köramiz.
Xöş, ta'limning kredit-modul tizimi bizga nimalarni beradi?
1. Öqiş yuklamasining muvozanatli taqsimoti
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ECTS kredit-modul tizimida talaba har bir öquv yili uçun töplab borişi kerak bölgan kreditlar miqdori oldindan belgilab qöyilgan. Bu 60 kreditni taşkil qiladi. Har bir semestr uçun belgilangan kreditlar miqdori esa 30 kreditni taşkil qiladi. Bundan taşqari, talaba har bir kreditni qölga kiritiş uçun belgilangan öqiş yuklamasi miqdori ham aniq va bu 25-30 soat oraliğida. Şunday ekan, talabalarning har öquv yilidagi öqiş yuklamasi örtaça 1500-1800 soat (60*25 = 1500; 60*30= 1800), har semestrdagi öqiş yuklamasi esa örtaça 750-900 soatni taşkil etadi (30*25 = 750; 30*30= 900). Talabaning bir yillik va bir semestrdagi öqiş yuklamasi bu miqdordan köp ham, kam ham bölişi mumkin emas.
Şunday ekan, talabalarning bir öquv yili yoki bir semestr davomidagi öqiş yuklamasi ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan barça universitetlarda deyarli bir xil böladi. Bu birxillik öquv dasturlariga barqarorlik va muvozanat olib kiradi. Endilikda OTMlar talabalarga bir semestrda 7ta fan, ikkinçi semestrda esa 10ta fanni öqişga majburlaşi qiyinlaşadi. Amaldagi tizimda esa bunday barqarorlik va muvozanatga kafolat yöq edi. Şuning uçun talabalar bir semestr davomida ba'zida 7ta, ba'zida 8ta, va yana boşqa semestrda esa 10 fanni öqişlariga töğri kelyapti.
Hozirda aksariyat mahalliy universitetlarda talabalar bir semestr davomida odatda 8-10tagaça fanni öqişiga töğri kelmoqda. Aslida 8-10 fanni 4 oy içida har tomonlama örganiş — muammoli masala. Mamlakatimizdagi amaldagi oliy ta'lim standartlari töğrisidagi qoidalarda ham OTMlar talabalarga haftasiga 36 soatgaça auditoriya maşğulotlari belgilaşi mumkinligi qayd etilgan. Bu 5 kunlik öquv haftasida kuniga 7 akademik soatni anglatadi. Bunday holatda aksar talaba fanlarni tom ma'noda örganiş örniga kunini şunçaki darsdan darsga, xonadan xonaga yugurib ötkazadi. Qolaversa, şunça vaqtni auditoriyada ötkazgan talaba darsdan taşqaridagi vaqtini öqişga sarflaşiga işoniş qiyin.
Kredit-modul tizimida esa kreditlarning fanlar böyiça örtaça taqsimoti 5, 6 yoki 7.5 ni taşkil etadi. Bu degani talaba bir semestrda köpi bilan 4, 5 yoki juda borsa 6 fan örganadi (30/7.5=4; 30/6=5; 30/5=6). Bu talabalar semestr davomida örganişi zarur bölgan fanlarning soni amaldagidan köra ança qisqarişini anglatadi. Ya'ni kredit-modul tizimi OTM öquv dasturlariga me'yor va sifat olib kirişi, ta'limni taşkil etişda son körsatkiçidan sifat körsatkiçiga ötişiga xizmat qiladi. Çunki fanlar soni bu tarzda qisqarişi talabalar öz vaqt va imkoniyatlarini şu kam sonli fanlarni çuqurroq va har tomonlama örganişlariga imkoniyat yaratadi.
2. Fanlarni tanlaş imkoniyati
Öqişning dastlabki yillarida soha böyiça umumiy bilimga ega bölgandan söng talabalarda ayrim yönaliş va fanlar böyiça çuqurroq bilimga ega böliş va kelajakda şu yönalişda işlaşga iştiyoq paydo bölişi tabiiy. Talabalar yildan yilga mutaxassis sifatida şakllanib borar ekan, ular uçun öqiş dasturidagi ayrim fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi.
Hozirda universitetlar qat'iy belgilab qöyilgan öquv dasturlari asosida iş yuritadi. Ya'ni, talabalar öqişga kirgandan boşlab to bitirgunga qadar dasturda belgilangan barça fanlarni örganişga majbur. Bu qay darajada töğri? OTMda ta'lim olayotgan talabalar qat'iy belgilangan standart öquv dasturi asosida ta'lim olişi şartmi? Dasturdagi barça fanlar har bir talabaning qiziqişlari, kelajak rejalariga töğri kelmasa-çi?
Aslida, har bir talaba öz qiziqişlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallaşi va bu uçun kerakli fanlarni universitet ma'muriyatidan köra yaxşiroq biladi. Talabani majburlab xonada olib ötiriş mumkin, lekin uning fikr va e'tiborini xonada uşlab ötirib bölmaydi.
Kredit-modul tizimiga ötişning muhim jihatlaridan yana biri bu — öquv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelişidir. Unga köra, talabalar öqişning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy fanlarni özlaştirib, soha böyiça umumiy bilimni egallab olganlaridan söng, sohaga oid maxsus fanlarni öz qiziqişlaridan kelib çiqib özlari tanlaş imkoniyatiga ega böladilar. Bunda OTM talabalarga öquv yili davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning röyxatini va ular haqida batafsil ma'lumot taqdim etadi. Talabalar esa uşbu röyxat va ma'lumotlar asosida özlari qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba özining bakalavriat yoki magistratura öqiş dasturini ma'lum ma'noda özi şakllantirişiga imkon yaratadi. Ya'ni, guruhda 50 nafar talaba bölsa, ularning har biri öz qiziqişlariga köra öz öqiş dasturlariga ega bölişadi.
Tanlov fanlari soni kursdan kursga köpayib borişi zarur böladi. Çunki talaba kursdan kursga ötgani sari mutaxassis sifatida şakllanib boradi va unda mustaqil qaror qabul qiliş qobiliyati ham şakllanib boradi. OTMlar esa asta-sekinlik bilan talabalarga öz fakultetlaridan taşqarida, ya'ni boşqa fakultetlardan ham tanlov fanlari olişga imkoniyat yaratişlari zarur.
Fanlarni tanlaş amaliyoti nafaqat talabalar uçun özlari xohlagan yönaliş böyiça çuqurroq bilim olişlariga imkoniyat yaratadi, balki OTM öquv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravişda saralanib borişiga ham xizmat qiladi. Çunki talabalar qiziqiş va ehtiyojlariga javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borişadi, örganayotgan fanlari röyxatini davr talablari va qiziqişlariga moslaştirişadi.
Bunda öqituvçi uning fani öziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olişi uçun doimiy ravişda öz ustida işlaşi, fanning talabalar uçun ahamiyatini saqlab qoliş uçun darslar sifatini doimiy ravişda yaxşilab borişi zarur böladi. Aks holda uşbu fan öquv dasturidan çiqib ketişi va öqituvçi öz işini yöqotib qöyişi mumkin böladi. Bu jarayon darslar sifati yaxşilanişiga ham xizmat qiladi.
Fanlari tanlaş amaliyoti rivojlangan davlatlarda özining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan ta'limdagi aynan şu jihat bilan ham boğliq.
Şunisi aniqki, kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo bölişi fanlarni tanlaş amaliyoti bilan çambarças boğliq. Ya'ni, kredit-modul tizimining yuzaga kelişiga tanlov fanlari amaliyoti sabab bölgan. Şunday ekan, agar OTM özida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, öquv dasturlariga fanlarni tanlaş imkoniyatini olib kirmasa, uşbu OTM tom ma'noda kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb bölmaydi.
3. Öquv dasturlarida fanlarning saralanişi
Tasavvur qiling, siz palov pişirmoqçisiz. Bunda sizga asosan göşt, yoğ, sabzi, piyoz va guruç kerak böladi. Siz bu taomni tayyorlaş uçun odatda şolğom yoki kartoşka işlatmaysiz. Çunki bular siz tayyorlamoqçi bölgan taomga töğri kelmaydi. Agar siz palov tayyorlaşda sabzi örniga şolğom qöşib yuborsangiz, taomingiz boşqaça çiqib qoladi, bundan esa öşa taomni iste'mol qiluvçilar ranjiydi. Şu kabi, mutaxasis tayyorlaş ham mutaxassislikka oid eng zaruriy bilim, könikma va mahoratlarni bölajak mutaxassisda şakllantirişdan iborat. Agar talabaga zarur mutaxassislik bilim va könikmalar qolib, boşqa narsalar örgatilsa, natijada unda mutaxassislikka oid jihatlar töliq şakllanmay qolsa, işga oluvçi taşkilot bitiruvçidan ham, uni tayyorlagan ta'lim muassasasidan ham hafsalasi pir böladi.
Hozirda oliy ta'lim öquv dasturlarida talabaning mutaxassisligiga töğridan töğri aloqasi bölmagan fanlar yetarliça. Masalan, aksariyat universitetlarda 1-kursda, ayrim hollarda yuqori kurslarda ham jismoniy tarbiya, dinşunoslik, etika, estetika va şunga öxşaş boşqa fanlar ötiladi. Bu fanlarni odatda talabalarning mutaxassisligiga töğridan töğri aloqasi yöq bölsada, OTM öquv dasturlarida ançagina joy va vaqtni egallaydi. Qolaversa, talaba jismoniy tarbiya fanini OTMda faqat 1-semestr yoki bir yil örganişi – ğalati hol. Bir mutaxassis ta'kidlaganidek, «göyoki jismoniy salomatlik va sport talabaga faqat bir semestr yoki bir yil kerak böladi».
Nazarimizda, bu kabi fanlarning aksariyati maktabning yuqori sinf dasturlariga xos bölişi kerak. Agar talaba uşbu fanlar böyiça maktabda bilim va könikmaga ega bölgan bölsa, ularni universitet darajasida yana takrorlaşga qanday ehtiyoj bor? Undan köra, talaba şu vaqtni öz sohasini çuqurroq örganişga sarf qilgani yaxşimasmi? Töğri, dinşunoslik, etika va estetika kabi umumiy fanlar yoşlarni şaxs sifatida şakllanişida katta rol öynaşi mumkin, lekin hozirda maktab bitiruvçilarining bor yöği 10-20 foizigina OTMga kirmoqda. Bu degani, agar bu fanlar maktab yuqori sinflarida örgatilmasa, maktab bitiruvçilarining aksariyati bunday bilimga ega bölmaydi. Bu kabi fanlar yoşlarni şaxs sifatida şakllanişi uçun muhim deb hisoblansa, unda ular maktabning yuqori sinflarida örgatilişi maqsadga muvofiq böladi.
OTM öqiş dasturlarini umumiy, mutaxassislikka töğridan töğri aloqasi bölmagan, özini takrorlovçi fanlar bilan töldirilişi talaba universitetdagi qisqa va eng qimmatli vaqtidan samarali foydalana olmasligiga olib kelmoqda. Natijada bitiruvçilar orasida amaliyotga borgandan söng bizga bunday narsalarni universitetda örgatişmagan degan holatlar juda köp uçramoqda.
ECTS kredit-modul tizimida esa OTMlar özining har bir bakalavr va magistratura öquv dasturi maqsadlarini oldindan aniq belgilab olişi talab etiladi. Ya'ni, ular muayyan mutaxassislik böyiça öqiş dasturini yaratişdan avval öz oldilariga quyidagi savollarni qöyişlari talab etiladi:
Biz qanday mutaxassis tayyorlamoqçimiz?
Bizning bitiruvçilar aynan qanday bilimga ega bölişi, nimalarni tuşunişi va uni tamomlagandan söng nimalarni qila olişi kerak?
Har bir OTM bakalavriat va magistratura dasturi turliça bölgani sababli, maqsadlari ham turliça bölişi tabiiy.
Ya'ni, OTMlar özlarining har bir bakalavr va magistratura öquv dasturining maqsadlarini bitiruvçi dastur davomida qölga kiritişi zarur bölgan bilim, könikma va mahoratlar şaklida oldindan aniq belgilab olişlari zarur. Bu kredit-modul tizimi tili bilan «Program Learning Outcomes» deb ataladi. Öquv dasturi maqsadlari belgilab olingandan söng, endilikda dasturda faqat şu maqsadlarga xizmat qiluvçi fanlargina saqlab qolinadi yoki dasturga kiritiladi, qolgan fanlar esa dasturni tark etişi zarur.
Inçunun, OTMlar öz öquv dasturlarini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda erkin şakllantiriş imkoniyatiga ega bölişlari uçun 2001 yil 16 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarorga özgartiriş kiritilişi va OTMlarga öquv dasturlarini özlari erkin şakllantirişga imkoniyat berilişi kerak. 19 yil avval işlab çiqarilgan standart bugungi zamon talablariga javob bermasligi ehtimoli yuqori. Zero, iqtisodiyot va mehnat bozori talablari özgargan sari OTMlar ham öz öquv dasturlarini muntazam ravişda baholab borişga, zarur bölsa özgartirişga imkoniyati bölişi kerak.
4. Bakalavr va magistratura dasturlariga şaffoflik kirişi
Kredit-modul tizimi joriy bölsa OTM lar nafaqat har bir öqiş dasturlari maqsadlarini oldindan belgilab olişlari zarur böladi, balki bu maqsadlarni özlarining bölğusi va hozirdagi talabalariga oldindan, şaffof tarzda yetkazişi kerak böladi. Hozirda mahalliy OTMlarga hujjat topşirayotgan talabalar özlari hujjat topşirayotgan bakalavr yoki magistratura dasturlarida aynan nimalarni örganişlari mumkinligi haqida yetarliça ma'lumotga ega emas. Aksariyat hollarda abituriyentlarga faqat universitet, fakultet va dastur nomigina ma'lum. Hatto universitetda öqiyotgan talabalar keyingi semestrda qaysi fanlarni öqişlarini faqat öşa semestr boşidagina biladilar. Ya'ni, abituriyentlar va talabalarga bakalavr yoki magistratura dasturlarining maqsadlari, unda örganiladigan fanlar, dastur davomida qanday bilim, könikma va mahoratga ega bölişlari haqida yetarliça ma'lumot berilmaydi.
Abituriyent yoki talabaga bu ma'lumotlar nima uçun oldindan taqdim etilişi zarur?
Bunga juda köp sabablarni keltiriş mumkin. Masalan, hozirda talabalarga bir paytning özida bir neça universitetga hujjat topşiriş imkoniyati berilmoqda. Şunday ekan, ular bir paytni özida bir neçta OTMga qabul qilinişi mumkin. Bölğusi talabalar qaysi OTMning qaysi dasturiga hujjat topşiriş va ularga qabul qilingandan söng tanlovni amalga oşirişi uçun OTM va ularning dasturlari haqida yetarliça ma'lumotga ega bölişga haqlidirlar. Tanlov uçun OTM yoki undagi dasturlarning nomini bilişning özigina yetarli emas. OTMlar soni köpaygan sari endilikda talabalar undagi dasturlarning nomiga qarab emas, balki sifatiga qarab tanlay boşlaydi. Ya'ni, abituriyentlar hayotlarini 4 yoki 2 yilini va qiynalib topilgan pullarini nimaga sarmoya qilayotganliklarini oldindan bilişlari kerak. Qolaversa, har bir talaba OTMga ança miqdorda kontrakt puli tölayotgan mijoz sifatida muayyan öqiş dasturi haqida batafsil bilişni istaydi.
Kredit-modul tizimiga ötgandan söng universitetlar özlarining har bir bakalavr va magistratura dasturlari böyiça dastur katalogini, ya'ni kitobçasini işlab çiqişiga töğri keladi. Unda har bir bakalavr va magistratura öquv dasturning maqsadlari, qabul qoidalari, OTMdagi öqiş şaroitlari, akademik taqvim, talabalar 4 yillik yoki 2 yillik dastur davomida aynan qaysi fanlarni öqişlari mumkinligi, uşbu fanlarning qisqaça tavsifi, qaysi fan aynan qaysi kursda örganilişi, ularni aynan kimlar öqitişi, OTMda talabalar uçun yotoqxona imkoniyatlari, talabalarning bir oylik örtaça yaşaş xarajatlari, OTMda qöllanadigan baholaş usul va mezonlari haqida abituriyent va talabalarga oldindan, şaffof tarzda ma'lumot berilişi zarur böladi. Bu ma'lumotlar har yangi öquv yili boşida kitobça tarzida talabalarga tarqatiladi yoki universitet veb-sahifasida yuklab oliş mumkin bölgan formatda joylaştiriladi.
5. Öquv maşğulotlarini şaffof tarzda taşkil etiş
Hozirda mamlakatimizdagi aksariyat OTMlarda talabalar semestr boşida darslar boşlanişi arafasida faqat öşa semestrda ötiladigan fanlarning nomi, ularni öqitadigan öqituvçilar ismlari, darslar qaysi payt qaysi xonalarda ötişi haqida ma'lumotga ega böladilar, xolos. Talabalarga uşbu fanlarning maqsadlari, ularni talaba mutaxassis bölib yetişişida tutgan örni, talaba uşbu fanlar orqali qanday bilim, könikma va mahoratlarga ega bölişi kutilayotgani haqida ma'lumot deyarli berilmaydi. Çunki amaliyotda universitet fanlari haqidagi bunday ma'lumotlar talabalarga tizimli, yaxlit va şaffof tarzda taqdim etilmaydi.
Kredit-modul tizimida esa OTMning har bir öqituvçisi özining har bir fani böyiça 4-5 varaqli fan dasturiga ya'ni «sillabus»ga ega bölişi va uni semestr boşida talabalarga taqdim etişi kerak böladi. Fan dasturi öz içida uşbu fanning maqsadlari, uning öquv dasturida tutgan örni, talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uçun ahamiyati, talabalar uşbu fanni örganiş natijasida nimalar qila olişi, uşbu fan böyiça semestr davomida örganiladigan mavzular röyxati, talabalar foydalanişi zarur va mumkin bölgan adabiyotlar röyxati, baholaş mezonlari haqidagi ma'lumotlarni qamrab oladi. Agar fan tanlanadigan fan bölsa, talaba uçun bunday ma'lumotlarning ahamiyati yanada ortadi. Talaba, yuqorida aytilganidek, fanni tanlaş yoki tanlamaslik böyiça qarorga kelişi uçun fanning nomini yoki uni öqitadigan öqituvçining ismini bilişining özigina kifoya qilmaydi. Talaba bunday qarorga kelişi uçun fan böyiça yetarli ma'lumotga ega bölişi kerak.
Fan dasturidan közlangan maqsad juda oddiy – OTMlarda dars jarayonlarini şaffof, maqsadli va reja asosida taşkil etişga erişiş. Bu amaliyot avvalambor öqituvçini özi öqitmoqçi bölgan fan maqsadlari va ahamiyatini özi tuşunib olişiga undaydi. Zero, afsuski, amaliyotda özi örgatayotgan fanining maqsadlarini bilmaydigan öqituvçilar ham yetarliça.
Agar öqituvçi öz fani maqsadlarini oldindan aniq belgilab olsa, u semestr davomida barça ta'lim harakatlarini mana şu maqsadlarga erişişga qaratadi. Imtihonlar ham talabalarning şu közlangan maqsadlarga erişgan-erişmaganini tekşirişga qaratiladi. Agar fanning maqsadlari belgilanmasa yoki u talabaning mutaxassis sifatida şakllanişiga hizmat qilmasa, uşbu fan öquv dasturida qolişi töğri emas. Lekin uşbu amaliyot OTM tomonidan öqituvçilar ustidan nazoratni haddan taşqari kuçaytirib yuborişiga, öqituvçilarni şu bahona jazolaşga va qoğozbozlikka ham olib kelmasligi kerak.
Xulosa
Xulosa örnida şuni aytişimiz mumkinki, mamlakatimiz OTMlari kredit-modul tizimiga ötişi bu muayyan miqdordagi kreditlarni yil, semestr va fanlar böyiça taqsimlab qöyişning özidan iborat emas. Afsuski, hozirda ayrim OTMlar kredit-modul tizimiga ötişni şunday tuşunişmoqda.
Agar kredit-modul tizimi töğri va töliq joriy etilsa, u mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga juda katta ijobiy xususiyatlarni olib kirişini kutiş mumkin. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning jahon tan olgan mukammal ölçov birligining olib kirilişiga, OTMlar öquv dasturlarida muvozanat va me'yor paydo bölişiga, OTMlarda öqiş jarayonining şaffoflaşişiga, öquv dasturlari iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida şakllanişiga, darslarning sifati yaxşilanişiga va nihoyat har bir talaba ma'lum ma'noda özining mustaqil öquv dasturiga ega bölişiga xizmat qiladi.
Agar mahalliy OTMlar kredit-modul tizimiga ötsalar-u, yuqoridagi maqsadlarga erişa olmasalar yoki erişişga harakat qilmasalar, unda OTMlarimiz kredit-modul tizimiga tom ma'noda ötgan hisoblanmaydi.
Vohid Örinov, PhD
Kanadaning Nyu-Bransvik Universiteti assoşeyt professori,
«El-yurt umidi» jamğarmasi huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengaşi a'zosi.