Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida O‘zbekistondagi qator yirik mulklar onasi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani, ammo bu boyliklar bugun talon-toroj qilinayotganini bildirdi.
VVS saytining o‘zbekcha talqinida e'lon qilingan ro‘yxatda ko‘rish mumkinki, u o‘z onasining mamlakat hududida ko‘plab kompaniyalarga egalik qilgani yoki ulushga ega bo‘lgani, shular qatorida «Korzinka» tarmog‘i aksiyalariga egalik qilgani haqida gapirgan.
Kun.uz surishtiruvining 1-qismida Gulnora Karimovaning «Koka kola», «Quvasoy sement» kabi yirik korxonalardagi faoliyatiga to‘xtalingan edi.
Bu safar esa maktubda da'vo qilingan «Korzinka» savdo markazlari tarmog‘iga Gulnora Karimova qay darajada aloqadorligiga oydinlik kiritiladi.
Zafar Hoshimov: «Gulnora Karimova bilan hech qachon shaxsan tanish bo‘lmaganman»
Kichik Islom Karimovning maktubida «Korzinka» tarmog‘i aksiyalari ham onasiga tegishli bo‘lgani qayd etilgan. Bunday da'vo shu paytgacha biror joyda e'lon qilingani to‘g‘risida ma'lumot yo‘q, shu tufayli «Korzinka» savdo markazlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov bilan ham bu masala yuzasida suhbat qildik.
– Gulnora Karimova bilan shaxsan tanishmisiz? Agar tanish bo‘lsangiz qanday loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilgansiz?
– Men Gulnora Karimova bilan hech qachon shaxsan tanish bo‘lmaganman. U yoki u boshqargan tuzilmalar bilan na o‘zim, na men yaratgan va boshqargan korxonalar loyiha va tadbirlarda hamkorlik qilgan.
Hatto u kishi tomonidan tashkil etilgan ko‘pdan ko‘p tadbirlarda qatnashishdan o‘zimni yiroq tutardim. Yana qaytarib aytaman, u inson meni tanimasligi, bilmasligidan doim juda xursand edim.
– Gulnora Karimovaning o‘g‘li, kichik Islom Karimov O‘zbekistondagi bu oilaga tegishli ko‘plab moddiy boyliklar noqonuniy o‘zlashtirilayotganini bildirib maktub yo‘lladi. U ta'kidlagan mulklar ichida







