Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz. Rossiya Kiyevga yana ballistik raketalar bilan zarba berdi, Eron AQŞga qarşi yangi «iqtisodiy uruş» boşlanişidan ogohlantirdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Oyga nisbatan daʼvo bilan çiqdi.
Germaniyani egallayotgan radikallar
Öta öng qanotdagi «Germaniya uçun muqobil» partiyasi Saksoniya-Anhalt federal hududi parlamenti saylovlarida işonçli ğalabaga erişdi.
Uşbu partiya 43,8 foiz ovoz töplagan. Bu partiyaning hududiy parlament saylovlarida qayd etgan eng yuqori natijasidir. Buning evaziga partiya Saksoniya-Anhaltning 83 örinli parlamentida 39 ta mandatga ega böladi. Mutlaq köpçilik uçun esa 42 ta mandat zarur.
Xristian-demokratik ittifoqi 17,2 foiz ovoz töplagan. Bu XDI uçun hududiy saylovlar tarixidagi eng yomon natija böldi – partiya 2021-yilgi natijadan ikki baravar kam ovoz oldi va 1998-yilgi tarixiy antirekorddan ham past natijani qayd etdi.
XDI yetakçisi va Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlindagi matbuot anjumanida öz partiyasi mağlubiyatidan «qattiq larzaga tuşgani»ni aytdi. «Bunday bölişini kutmagandik. Natijani tan olişimiz kerak; demokratiyamiz qoidalari şunday. Ammo keça nafaqat Saksoniya-Anhaltda, balki butun Germaniya böylab nimadir özgardi», – dedi u.
Şu tariqa, ultra öng kuçlar Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrda ilk bor hukumat şakllantiriş imkoniyatiga ega böldi. Mutlaq köpçilikni qölga kirita olmagani sababli uşbu partiya koalitsion hukumat tuzişiga töğri keladi. Germaniyaning yetakçi partiyalari, şu jumladan, XDI «brandmauer» siyosatiga amal qiladi – Germaniyada öta öng partiyalar bilan hamkorlik qilişni rad etiş şunday ataladi. Biroq parlamentga ötgan yana bir partiya «Sara Vagenknext ittifoqi» hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Bu partiyada 5 ta mandat bor.
Zarbalar almaşinuvi tiklandi
AQŞ prezidenti elçilarining Moskva va Kiyevga taşriflari arafasida Rossiya va Ukraina örtasida havo zarbalari böyiça uç kunlik taqiq muddati yakunlanib, yana özaro zarbalar almaşinuvi boşlandi.
Xususan, Rossiya Ukraina poytaxtiga navbatdagi marta ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu AQŞ prezidenti elçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Kiyevni tark etişidan köp ötmay röy bergan.
















