Köplab tuşunçalar bor, biz ularning asl mohiyatini deyarli unutganmiz – yuzaki tuşunamiz. Buning zarari yöqdek tuyulişi mumkin, biroq, asli unutilgan mazkur tuşunçalar atrofni töğri anglaşimizga tösiq böladi.
Şu kabi tuşunçalar toifasiga davlat tizimiga kiruvçi institutlar – xalq tomonidan ta’sis etilgan, xalqning ma’lum xizmatini qilişga safarbar etilgan davlat idoralari kiradi.
Fojia şundaki, biz ularning asl mohiyatini unutişimiz nafaqat özimizga ta’sir etadi, balki... öşa idoralarga, ularning xodimlariga ham. Çunki biz – xalq ularning mohiyatini unutgan bölsak, ular ham bizga qarab, tabiiyki, vazifalarining asl maqsadini unutib borişadi va şunga muvofiq ravişda, albatta, xatolar qilişni, noörin tasarruflar qilişni boşlaşadi. Şulardan biri – “politsiya” tuşunçasi.
Politsiya – nima u?
Jamiyat öz içida tartib saqlaş maqsadida tartib saqlovçi taşkilotni ta’sis etadi va uning faoliyati uçun şaroit yaratadi, maoş bilan ta’minlaydi, binolar ajratadi. Uni politsiya deb nomlaşadi. Politsiyaga jamiyat ma’lum vakolatlar beradi, çunki jamiyat tinçligiga raxna soluvçi hodisalar har bir jamiyatda yuz berib turadi va ularga qarşi kuraşadigan vosita bölişi kerak.
Biroq jamiyat mazkur taşkilot ustidan muttasil nazorat qilib turmasa, u özini jamiyatdan mustaqil his qila boşlaşi, ya’ni jamiyat uni ta’sis etganini, maoş bilan ta’minlayotganini unutib qöyib, tayoğini jamiyatning öziga işlatadigan bölib qolişi mumkin. Çunki muntazam nazorat bölmasa, berilgan katta vakolat darrov suiiste’mol qilinadi va vakolatni kim bergani unutiladi.
Qolaversa, jamiyat nazorati bölmasa, politsiya noinsof mahalliy rahbarlarning qölidagi öyinçoqqa – jamiyatga qarşi işlatiladigan xavfli öyinçoqqa aylanib qolişi mumkin.
Lönda qilib aytadigan bölsak, kimgadir qança vakolat berilsa, şunça miqdorda nazorat ham kerak.
Gap şundaki, politsiyaga berilgan vakolatlar içida jamiyat tinçligini saqlaş maqsadida kerak bölsa kuç işlatiş vakolati va buning uçun kerakli aşyolar ham beriladi. Bu esa katta vakolat. Aynan şuning uçun ham jamiyat özi ta’sis etgan bu kabi taşkilotlarning ustidan muttasil nazorat örnatişi kerak – politsiya faoliyati hammaning köz öngida bölişi, ya’ni şaffof bölişi lozim.











