TERRA-MODIS sun'iy yöldoş platformasining ma'lumotlariga köra, Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi daryo havzalarining qor qoplagan maydoni 2018 yilning 31 mart kuni holatiga köra 2017 yilning qor köp yoqqan şu davriga nisbatan ançagina ozroq.

Amudaryo yuqori qismining qor qoplagan maydonini

2018 yil mart oyining oxirgi davridagi holati
Amudaryo yuqori qismining qor qoplagan maydonini

2017 yil mart oyining oxirgi davridagi holati

Ekspertlarning fikriça, bunday şaroitda, Amudaryoning quyi oqimi uçun sersuvlik miqdorini uzoq muddatli başoratiga binoan, hosil ösişi vaqtida suv miqdori me'yordan 40 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Boşqaça aytganda, joriy yilda tadqiqot ötkazilayotgan mintaqalarda suv kam böladi. Bu esa, avvalambor, qişloq xöjaligida kam suvlik bilan boğliq bölgan ehtimolli xatarlar oqibatlarini pasaytiriş uçun moslaşuvning qöşimça çora-tadbirlarini ötkazişni talab qiladi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda iqlim özgarişi haqidagi BMTning doiraviy konvensiyasining Adaptatsion fondi moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan «Özbekistonning qurğoqçil hududlarida joylaşgan fermer va dehqon xöjaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlaş» qöşma loyihasi doirasida takomillaştirilgan Qurğoqçilikni oldindan ogohlantiriş tizimi (QOOT) bunday başoratlarni köra biliş imkonini beradi.

Butunjahon meteorologiya taşkilotining bayonotiga köra, 2017 yildagi tabiiy ofatlardan körilgan zarar rekord darajadagi 320 milliard dollarga teng böldi.

Özgidromet mutaxassislari tomonidan mana şunday tizim suv oqimini şakllantiriş zonalari bölmiş Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismlari uçun işlab çiqilgan edi. Şuni qayd etiş joizki, Qoraqalpoğiston Amudaryoning etaklarida joylaşgan va bu yerda mazkur suv oqimidan foydalaniş va qayta tiklaşga zarur böladigan şaroitlar yuqori qismlardan tubdan farq qiladi. Loyiha doirasida mazkur tizim hududning geografik joylaşuvi şaroitlariga moslaştirildi. Hozirgi vaqtda u ikki turdagi mahsulotni oliş imkonini beradi - suv miqdorini sifatli baholaş, u tufayli yil suv resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanganligini yoki qurğoqçilik kutilayotganini, hamda ma'lum bir obekt uçun suv zaxiralarini son jihatdan tavsiflaş haqida tasavvur beradigan ma'lumotlarni aniqlaş mumkin böladi.