Samarqand çiroyli şahar, juda çiroyli şahar. Şuning uçun yiliga yarim milliongaça sayyohlar bu köhna şaharni tomoşa qiliş uçun dunyoning tört tomonidan kelişadi. Ammo bu şaharda bir mahalla borki, u yerga borsangiz, tuşkunlikka tuşib qolasiz...
Bu mahallaning nomi Istiqbol, ammo u yerda yaşayotganlar istiqbolida mavhumlik körişmoqda, xolos.


Xalq tilida «Oxunboboyev» deyiladigan katta köça bor. Bu köça Samarqand şahrining ikki tomonini birlaştiradi. Köça böyida arçalar ekilgan va uning markazi katta jarlik ustidan ötadi. Öşa jarlikda esa har qança ğalati bölmasin odamlar yaşaşmoqda. Istiqbolliklar sovuq kunlar kelişi bilan hududda gaz yöqligini aytib bizga murojaat qilişdi.
Butun mamlakatda gaz va svet yöqligi yangilikmas, ammo bu mahallada gaz yöqligi yagona muammo emas.


Sobiq Oxunboboyev köçasidan ötayotganda balandlikda qabriston körinadi. Mahalla mana şu yerda joylaşgan. Odamlar ikki tepalik orasidagi jarlikda yaşamoqda. Jon saqlamoqda deyilsa, töğriroq böladi. Axir, yomğir yoğsa, suv bosadigan, qorda muzlab qoladigan, yozda çang-tözonga töladigan joyda yaşaydiganlarga yana qanday ta'rif beriş mumkin?


Bu uylar «snos» bölişi va u yerda yaşayotganlar boşqa yerga köçirilişi haqida köp marta gapirilgan. Aholining aytişiça, bunday gaplar 2012 yilda Istiqbolni suv bosganidan söng keng muhokama qilingan. Ötgan yil ham fuqarolarning kadastr hujjatlari tekşirib çiqilgan va ularga bu uylar «snos» bölişi mumkinligi aytilgan, ammo barçasi yana tezda unutilgan.
Fuqarolardan biri kuz kelişi bilan namiqişni boşlaydigan bunday uylarda yaşagan qizi nogiron bölib qolgani haqida aytadi. Uylarning devorlari zax bosib ketgan. Bu yerda yaşayotgan bolalarga qiyin. Ular juda baland va xavfli zinapoyadan katta köçaga kötarilib maktabga qatnaşadi. Qiş kunlari tez qoronği tuşadi va ota-onalar bolalarini xavotir bilan kutib ötirişadi.


















