«Deputat va senatorlarga nisbatan xalqning işonçi tuşib borayotgani rost» - senator Abduqodir Toşqulov bilan suhbat (1 - qism)
|00:08 / 07.01.202031 14811 min
Kun.uz’ning turli davlat idoralari vakillari bilan suhbatlari davom etadi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Özbekiston Oliy Majlis Senati a'zosi Abduqodir Toşqulov böldi.
Senator bilan suhbatimiz Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiya faoliyati, jamiyat hayotida deputat va senatorlarning örni, şuningdek, ta'lim muammolariga bağişlandi.
Özbek jamiyatidagi korrupsiya illatini ikki-uç yilda birdaniga tozalab taşlaşning iloji yöq
Bir muddat avval Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi faoliyat boşlagan edi. Ammo bugunga kelib, bu komissiya qanday faoliyat yuritayotgani, nima iş qilayotgani böyiça harakatlarni deyarli sezmayapmiz.
Senatordan uşbu komissiya hozirda aynan qanday faoliyat bilan şuğullanayotgani böyiça fikrlarini söradik.
Abduqodir Toşqulov öz javobini quyidagiça ifodaladi.
Abduqodir Toşqulov
— Odatda parlament va hukumat vakillarining xalq oldida kam köriniş berişi tanqid qilinardi.
Şavkat Mirziyoyev prezidentlik vazifasiga kirişişi bilan davlat, jamiyat va dunyo hamjamiyatiga yangi siyosiy modelni tavsiya qildi. Uşbu yangi model ijrosi böyiça barça tuzilma va idoralar öz faoliyatlarini qayta körib çiqişlari kerak edi. Şu boisdan oxirgi yillarda korrupsiyaga qarşi keskin kuraş çoralari körilmoqda. Jumladan, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Şuningdek, quriliş va Oliy ta'lim sohasi korrupsiyadan xoli sohalar, deb e'lon qilindi.
Endi, siz aytgan idoralararo komissiya faoliyati haqida.
Bu idoralar faoliyati sust işlayapti, deyolmayman. Bizning jamiyatda korrupsiya yillar davomida yiğilib kelgan şunday illatki, uni ikki-uç yilda birdaniga tozalab taşlaş ilojsiz.
Mavzuga oid
Ikkinçidan, korrupsiya deganda faqat pora tuşunilmaydi. Bunda firibgarlik, tovlamaçilik, neopotizm (qarindoş uruğçilik) va boşqa tuşunçalar ham bor. Bu illatlarning ildizini jamiyatdan suğurib taşlaş uçun esa yillar kerak.
Nazarimda, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasini faoliyatini töğridan-töğri çiqişlarda deb bilmaslik kerak. Bu idora a'zolari bugungi kunda korrupsiya bilan kuraşiş böyiça davlatga, hukumatga tavsiyalar beryapti va bu tavsiyalar amaliyotga joriy etilyapti. Masalan, Özbekiston prezidenti tomonidan 2019 yil 3 oktyabrda «Özbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon imzolandi.
Şuningdek, xujjat bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi (DXRA) taşkil etildi. Nega? Biz qaçonki davlat xizmatçisi tanlovini töğri yölga qöysak, ularni yetarli iş haqi bilan ta'minlaşni töğri yölga qöysak va xodimlar faoliyatida reyting tizimini amalga oşirsak, bu korrupsiyaga qarşi kuraşda yana bir işonçli qadam böladi. Bu işlar albatta, komissiya tavsiyalari asosida bölmoqda.
Senat tarkibidagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraş qömitasining ötgan davrdagi faoliyati şaxsan meni qoniqtirmaydi
Xuddi şu kabi qömita Özbekiston Oliy Majlis Senati tarkibida ham faoliyat yuritmoqda. Bu qömita qanday faoliyat bilan şuğullanmoqda va uning iş samarasi nimalarda körinadi?
Senatordan bevosita özi a'zo hisoblangan qömita faoliyati haqida ham söradik.
— Odatda Parlament haqida mana şunday munosabatlar köp bildiriladi va sizni gapingizda ham jon bor.
Balki, sizni bu qömitaning ta'lim, soğliqni saqlaş, umuman, turli yönalişlarda tadbirlar ötkaziş bilan çeklanib qolayotgani qoniqtirmayotgandir. Buning öz sabablari bor. Birinçidan, uşbu qömitalar ikki palatada ham qonunçilik va sud huquq qömitalari negizida taşkil qilindi.
Bu esa öşa qömitalarda faoliyat yuritib kelgan deputat va senatorlardan iborat qilib şakllantirilgan.
Qömitalarga korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi şaklining berilganiga köp bölmadi. Eng katta umidimiz esa yangi çaqiriqdan.
Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraş qömitasining ötgan davrdagi faoliyati şaxsan meni qoniqtirmaydi.
Şunday kasalliklar borki, ular surunkali hisoblanadi va biologik nuqtai nazardan ularni birdaniga davolab bölmaydi.
Hozir prezidentning siyosiy irodasi bilan korrupsiyaga qarşi murosasizlik muhiti yaratildi.
Özini bilgan rahbar va xodimlar korrupsiyadan özini tortyapti. Bunga qöşimça stimul sifatida iş haqlari oşyapti, qonunçilikda turli özgarişlar bölyapti.
Korrupsiyaga qarşi kuraşadigan yagona agentlik tuziş vaqti keldi
Özbekistonda Prokuratura, Içki işlar va Davlat xavfsizlik xizmati taşkilotlari tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi bölimlar faoliyat yuritadi. Huquq organlaridagi bu bölimlar korrupsiyani yuzaga keltiradigan omillar bilan emas, korrupsiya bilan kuraşadi. Bizga esa ilm va amaliyot hamkorligida korrupsiyani keltirib çiqarayotgan omillarni aniqlaydigan va uning oldini oladigan tizim kerak. Xöş, ilm va amaliyot hamkorligida korrupsiyani keltirib çiqarayotgan omillarni aniqlaydigan, uning oldini oladigan, şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşadigan yagona organ, agentlik tuziş vaqti kelmadimi?
Senatordan bu borada fikrlarini söradik.
— Köpgina rivojlangan davlatlar tajribasiga e'tibor beradigan bölsak, korrupsiyaga qarşi kuraş, avvalo, huquq tartibot organlarining özidan boşlangan.
Öylaymanki, sizni fikringizda jon bor va rivojlanişimizning keyingi demokratik bosqiçlarida köpgina davlatlarda uçragani kabi korrupsiyaga qarşi kuraşadigan yagona agentlik yoki qömita tuziş vaqti keldi.
Bu agentlik bilan esa huquq tartibot organlari ham, ta'lim, soğliqni saqlaş va mahalliy hokimliklar ham hisoblaşişi kerak.
Soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining oyligini oşiriş, balki, budjetga oğir kelayotgandir
Yaqinda soğliqni saqlaş vazirligi, umuman, şu tizim korrupsiyaga botib ketganligi ham senat raisi, ham Boş prokuror tomonidan juda qattiq tanqid qilindi.
Ammo soğliqni saqlaş tizimidagi xodimlarning oylik maoşlariga e'tibor qaratilsa, bu ularning extiyojlarini töla qondirmasligini körsatadi. Xöş, şunday vaziyatda bu tanqidlar samara beradimi?
— Savolga özingiz deyarli töla javob berib böldingiz. Senatda soğliqni saqlaş tizimi böyiça bölib ötgan yiğiliş işidan özimiz ham qoniqdik. Yiğilişda muhokamalar juda jiddiy tus oldi.
Bilasizmi, tayoqning ikki uçi bor. Bir tomoni korrupsiya illatidan butun umr qutulolmaydigan insofsiz şifokor ham bor, ikkinçi tomoni xodimlarning iş haqi kam.
Ammo iş haqini oşiriş orqali korrupsiyani butkul yöqotamiz, deb ham bölmaydi. Bu bir omil, lekin, yana bir jihat sinovdan ötdiki, oliy ta'lim tizimida iş haqlarining oşişi korrupsiyani teng yarmiga kamaytirdi.
Hozir oliy ta'limdagi köpçilik öqituvçilar korrupsiyaga qarşi murosasiz bölib bormoqda.
Soğliqni saqlaş tizimida esa xodimlar köp va bu davlat budjetiga balki oğir kelayotgandir.
Eng yomoni şifoxonalardagi köpçilik hamşiralar 0.25 ştat birligida işlaydi. Ularning oyligi esa 600 ming sömga ham bormaydi.
Bu muammolar yillar davomida yiğilib kelgan. Köp yillar sohada kvotalar soni çeklangan edi.
Korrupsiya borasida yana bir narsaga e'tiboringizni qaratgan bölardim: oluvçi qöl bölmasa, beruvçi qöl ham bölmaydi. Demakki, xalqimiz ham bu illatdan qutulişi kerak, korrupsiyaga murosasiz bölişi kerak.
Şifokorning oyligini oşirmay turib, ularni tanqid qilib bölmaydi.
Jamiyat muammolarini gapirişda jurnalist va blogerlar senator va deputatlardan köra ilgarilab ketdi
Sönggi vaqtlarda senator va deputatlarning obröyi, xalqning ularga işonçi tuşib borayotgandek. Abduqodir Toşqulov bu mavzuda ham fikrlarini bildirdi.
— Sözim avvalida aytganimday, Özbekistonda yangi siyosiy jarayonlar boşlangaç davlat va nodavlat taşkiloti vakillari harakatga tuşişdi.
Nazarimda, sönggi vaqtlarda jurnalist va blogerlar jamiyatdagi muammolarni yoritişda senator va deputatlardan köra ilgarilab ketdi.
Aytganingizdek, deputat va senatorlar öz faoliyati bilan birga bu masalalarni ham olib ketişda qiynalişmoqda.
Yana bir jihatga e'tibor beriş kerak, qonunçilik palatasiga bir loyiha kirsa öqişlar, frakksiya va qömitalarda körilişlarini hisob kitob qilganimizda u qonun holiga kelgunça 27 marta qayta körilar ekan. Ya'ni, deputat ötirib qonun ijodkorligi bilan şuğullanadi, bu esa xalqqa körinmaydi.
Deputatning ikkinçi vazifasi nazorat tahlil va vakillik vazifasi. U bir oyda 10 kun saylov uçastkasiga çiqadi. Albatta, mana şu uçraşuvlarda ular tomonidan berilayotgan va'dalarning bajarilmasligi ham siz aytayotgan holatlarga sabab bölyapti.
Yana bir sababni oçiq aytiş kerak. Senatorlarning bu vazifadan taşqari ham davlat taşkilotidagi boşqa bir vazifasi bor. Şu sababli ham ayrim senatorlar tanqidiy fikrlar bildirişdan, muammolarni gapirişdan özini tiyib turadi.
Sönggi yillarda deputat va senatorlarga xalq işonçi tuşib borayotgani bor gap. Rasmiylarning muammolar haqida gapirmasligi hali ham öşa eski qörquvning saqlanib qolayotganidan.
Ayrim rahbarlar quyuşqondan çiqib ketmoqda
Söngi vaqtlarda OAV va ijtimoy tarmoqlarda qonunlarning barça uçun teng işlamayotgani borasida bildirilayotgan e'tirozli fikrlar soni ortib bormoqda. Bu esa xavfli holat hisoblanadi.
Qaysidir viloyat, tuman hokimi, senator yoki boşqa amaldor qonunni buzsa, u şunçaki, keçirim sörab qutuladi, oddiy xalq vakili, jurnalist yoki bloger qonun buzilişiga yöl qöysa, qamaladi, yoki jarima tölaydi.
Xöş, nega bu kabi holatlar köpayib bormoqda? Senator savolga quyidagi mazmunda javob berdi.
— Qonun hammaga tengligi konstitutsiyamizda belgilangan, buni barçamiz bilamiz.
Siz aytayotgan masala ommaviy emas, ammo ijtimoiy tarmoqlarda çiqayotgan tört-beş rahbarning ayb qilib, vaziyatdan şunçaki keçirim söraş bilan qutulayotgani holatlari ham bor gap. Menimça, ularga baribir çora köriladi.
Bu oğir savol. Öşa rahbarlarning tajribasi, boşqa sohalardagi xizmatlari, mutaxassisligi inobatga olinib, balki qandaydir keçirim instituti işlayotgandir, lekin bu notöğri. Ayrim rahbarlarning quyuşqondan çiqib ketayotganini ijtimoiy tarmoqlar orqali köryapmiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi