Uran moddasini sotişga uringan bir guruh şaxslar jinoiy jazoga tortildi. Ular orasida “Navoiyuran” va NKMK xodimlari bor.

Sudning hukmiga köra, J.I. “Navoiyuran” DK “Sobirsoy” geotexnologik konida çilangar vazifasida işlab kelgan. U 2024 yil sentabr oyida jinoyat işining qismi alohida iş yurituvga ajratilgan şaxs bilan uran radioaktiv moddasini sotib, noqonuniy daromad köriş maqsadida özaro kelişgan. Söng uşbu şaxsdan 120 gramm bölgan uran radioaktiv moddasini olib, O.M.ga sotib olişi mumkin bölgan mijozlarga körsatiş uçun bergan.

O.M. 120 gramm oğirlikdagi uranni sotib oladigan mijoz topiş taklifi bilan F.S.ga berib yuborgan. F.S. esa mijoz topiş maqsadida F.T. va N.U. bilan tabiiy uran radioaktiv moddasini sotiş böyiça kelişgan. Söngra F.T. orqali mijoz sifatida Z.X.ni, N.U. orqali A.K.ni topgan hamda ularga tabiiy uran radioaktiv moddasining har bir grammini 2 ming dollardan sotişini aytgan.

A.K. uran radioaktiv moddasini sotiş qonunga xilof ekanini bilib, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. 2024 yil 9 oktyabr kuni soat 12:30 larda F.S. va N.U. 67 gramm uranni Karmana tuman hududida tekşirib köriş şarti bilan A.K.ga berib ketişgan. A.K. moddani ixtiyoriy ravişda Navoiy şahar IIB xodimlariga topşirgan.

Mijoz sifatida topilgan Z.X. ham huquqni muxofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. 2024 yil 9 oktyabr kuni uning arizasi asosida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan Navoiy şahri hududida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda F.S. va F.T. O.M.dan olgan uranning 53 grammini 100 700 dollarga sotayotganda qölga olingan.

2024 yil 10 oktyabr kuni tezkor tadbir davom ettirilgan va J.I. öz uluşi sifatida 40 ming dollar olganda uşlangan.

Jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2025 yil 14 apreldagi hukmi bilan J.I. va NKMK AJ “Amenzo Amontou” konida çilangar vazifasida işlagan N.U. Jinoyat kodeksining 252-moddasi (Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravişda egallaş) 2-qismining “b” bandi bilan aybli deb topilgan. J.I.ga 2 yil “Navoiyuran” DK tizimida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 4,5 yil, N.U.ga 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Mazkur hukm bilan O.M., F.S. va F.T. ham jinoiy jazoga tortilgan.

Navoiy viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 24 iyuldagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgarişsiz qoldirilgan.