Qayd etilişiça, Boş prokuratura hamda Toşkent şahar prokuratura rahbariyati boşçiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi közdan keçirilib, tekşiriş harakatlari olib borilgan.
Aniqlanişiça, 3 aprel kuni soat 19:20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi köp qavatli uyida yaşab kelgan ayol (1996 yilda tuğilgan) ikki nafar öğli va bir nafar qizini qasddan öldiriş maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan taşlab yuborib, söngra özi ham oynadan sakrab öz joniga qasd qilgan.
Oqibatda barçasi hodisa joyida vafot etişgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam öldiriş) va 103-moddasi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olingan ma’lumotlarga köra, marhuma ayol Toşkent viloyati Zangiota tumanida turmuş örtoği bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022 yil oktyabr oyida yonğin sodir bölgani sababli 3 nafar farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga istiqomat qilib kelgan hamda uşbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir körsatgan.
Şuningdek, marhumaning turmuş örtoği hozirda "Umra" ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonda ekani aniqlangan.
Tergov guruhi tomonidan uşbu fojianing barça ehtimoliy sabablarini sinçkovlik bilan tekşiriş maqsadida qator tergov taxminlari işlab çiqilgan.
Oilaviy kelişmovçilik, marhumada kuzatilgan ruhiy özgarişlarga olib kelgan sabablar, öz-özini öldiriş darajasiga keltiriş va boşqa taxminlarning barçasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekşirilişi aytilgan.

















