“Aslida Özbekiston sobiq Ittifoq va MDH davlatlari orasida mahkumlar soni böyiça eng past körsatkiçda turgan davlat. Bu har 100 ming fuqaro soniga nisbatan hisoblanadi. Bizda har 100 ming nafar kişiga 100 nafarga ham yetmaydigan (94-95 nafar) mahkumlar soni töğri keladi. Biroq buni oçiq e'lon qilmaganimiz uçun köpgina xalqaro taşkilotlar Özbekistonni reytinglarga kirita olmasdi va notöğri taassurotlar paydo bölardi.

Hibsxonalar soni va ularning joylaşuvi ham oçiq ma'lumot sirasiga kiritilmoqda. Bu ham xalqaro tajribada oçiq ma'lumot sanaladi. Endi Özbekistonda ham bu kabi ma'lumotlar, şuningdek, mahkumlar orasida kuzatiladigan ölim holatlari hammasi oçiq ma'lumot hisoblanadi. Buni esa juda katta qadam sifatida e'tirof etiş kerak”, deya Uluğbek Muhammadiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Özbekistondagi qamoqxonalar va mahbuslar soni oçiqlanadi

Ombudsman 2019 yilda, BMT Boş Assambleyasining 2015 yil17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Mahkumlar bilan muomala qilişning minimal standartlari qoidalari” (Nelson Mandela qoidalari) tarjima qilinib, jazoni ijro etiş muassasalariga tarqatilgani, buning natijasida mahkumlar haq-huquqlarini talab qila boşlaşgani, jazoni ijro etiş muassasalarida ham ularga bölgan munosabat özgarganini bildirdi.

Tadbirda qayd etilişiça, oxirgi yillardan mahbuslarning inson sifatida bir qator huquqlari tiklangan. Jumladan:

·       ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyati uçun jazo ötayotgan mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi berildi;

·       mahkumlarning iş haqidan ijtimoiy suğurta ajratilmasligi belgilanib, pensiya ta'minotiga ega bölişi ta'minlandi;

·       Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning telefon sözlaşuvi, yöqlov va uçraşuvlar olişi soni qariyb