Joriy yil 26 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda maşğulotni tasvirga olişga xalaqit berayotgan farzandlarini urişayotgan tarbiyaçi aks etgan videorolik tarqadi.

Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan rolikdagi ayol Namangan viloyati, Çortoq tumani 7-sonli maktabgaça ta'lim taşkiloti tarbiyaçisi H.N. ekanligi aniqlandi.

H.N. 1982 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy. Maktabgaça ta'lim tizimida bir neça yildan beri işlab keladi. Ötgan davr mobaynida u tomonidan heç qanday nojöya harakatlar amalga oşirilmagan va iş beruvçi tomonidan ijobiy ta'riflanadi. Karantin şaroitida H.N. masofadan öqitiş usulini özlaştirgan holda, bir neça oy mobaynida, haftasiga 4-5 martadan tarbiyalanuvçilar uçun videomaşğulotlar ötib kelgan.

Yoz mavsumi boşlanişi MTTlarda soğlomlaştiriş davri hisoblanib, tartibga köra bu vaqtda faol ta'lim jarayoni töxtatiladi. Ammo bir neça taşabbuskor tarbiyaçilar, ular qatorida H.N. ham, tarbiyalanuvçilarning böş vaqti mazmunli va foydali ötişi uçun videomaşğulotlarni davom ettirişga qaror qiladilar, deyiladi ma'lumotda.

Joriy yil 15 iyul kuni uy şaroitida videomaşğulotni yozib oliş jarayonida H.N. öz farzandlarini tarbiyaçi kasbiy etikasiga zid ravişda qöpol tarzda koyib taşlaydi. Bu holat aks etgan rolik keyin tayyorlangan videomaşğulot örniga, yangliş ravişda MTT «Telegram» guruhiga joylanadi va tezda öçirib taşlanadi. Şunga qaramay yangliş joylanib, öçirilgan rolik oradan 11 kun ötib ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Holatni örganiş jarayonida öşa kuni H.N. videomaşğulotni bir neça marta yozib olişga uringani ma'lum bölgan. Ammo iş bilan uy vazifalarini bir vaqtda bajariş majburiyati, jumladan bolalar xarxaşasi hissiy muvozanatdan çiqib ketişi, natijada nazoratni yöqotgan holda ovozini balandlatişiga sabab bölgan.

Bu voqea Çortoq tumani maktabgaça ta'lim bölimi hamda Namangan viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan atrofliça örganib çiqildi va ma'lum xulosalarga kelindi.

Tarbiyaçi H.N. kasbiy etika qoidalarini buzgani uçun unga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanildi. Karantin yakunlanib, MTTlar faoliyati tiklangaç 7-sonli MTT hamda Çortoq tumani maktabgaça ta'lim bölimi tomonidan bu tarbiyaçining pedagogik faoliyati monitoring qilib borilişi belgilandi. 7-sonli MTT rahbariga esa ogohlantiriş berildi.

Tuman MTBga öziga tegişli hududda masofadan maktabgaça ta'lim xizmatini körsatiş jarayoni ustidan kuzatişni kuçaytiriş, uning sifatini yaxşilaş, maktabgaça ta'lim tizimi xodimlari uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça tavsiyalar berildi.