28 sentabr kuni Telegram-kanallarda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi selektor yiğilişidan audioyozuv tarqaldi.

Unda administratsiya rahbari avvaliga Andijon viloyatidagi uç tuman hokimiga tanbeh beradi va keyin ular işdan olinganini ma’lum qiladi. Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevga u fuqarolarni qanday qabul qilgani eslatiladi. Avgust oyida tuman hokimligi matbuot xizmati fuqarolar qabulidan fotosuratlar e’lon qilgan, ularda hokim va hokimlikning boşqa vakillari şiyponçada ötirişgani, oddiy odamlar esa undan bir neça metr masofada va pastroqqa qöyilgan stulda murojaatini aytayotgani aks etgan.

Yiğilişda Sardor Umurzoqov Andijon tumani hokimiga «Egamberdiyev, janobi oliylari, selektor yiğilişida ayvonda ötirmayaptilarmi?» deya kinoya bilan murojaat qilgan.

«Hamma kördi. Butun dunyoga şarmanda böldik. Ayvonda ötirib olib, masofani saqlaşni bahonasida... unday bölsa, nega sektor rahbarlarini yoningizga ötqazib qöydingiz? Fuqarolarga nisbatan hurmatsizlik, dimoğdorlik, kibr-havo. Bu nima degan gap?» — deydi Sardor Umrzoqov.

Bu holat jamoatçilik tomonidan keskin tanqid va e’tirozlarga uçragani ta’kidlangan.

«Bu butun jamiyatimiz, ijtimoiy tarmoqda qizğin muhokama va e’tirozlarga sabab böldi. Jamoatçilik oldida siz özingizni emas, Andijon tumani hokimligini emas, butun davlat tizimini, butun prezident jamoasini obrösizlantirişga olib keldingiz. Şuning uçun hurmatli prezidentimiz qaror qabul qildilar: birinçidan, siz egallab turgan lavozimingizdan bugun ozod qilinasiz, ikkinçidan, sizning bu xatti-harakatingizga huquqiy baho beriladi. Çiqib keting zaldan», — deya qayd etadi u.

Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov yer ajratişdagi qonunbuzarliklar uçun jazolangan.

Mansurbek Alixonov

«Asaka tumani hokimi janob Alixonov. Yer ajratiş masalasida 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yer noqonuniy ajratilgan. 2021—2022 yillarda, bir yarim yilning içida, yer bilan boğliq noqonuniy holatlar böyiça 15 ta jinoiy iş qözğatilgan. Niğmatilla Tölqinoviç (boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev), şunday, ha?  Şuning uçun bugun prezidentimizning qarorlari bilan siz ham lavozimingizdan ozod etilasiz. Çiqib keting zaldan, bu zalda ötirişga haqqingiz yöq», — degan administarsiya rahbari.