Kartadan kartaga pul ötkazişda EHF rasmiylaştiriş majburiy bölyapti. Bu nega tanqidga uçradi?
|01:11 / 12.02.202348 7877 min
Banklar va tölov taşkilotlari 1 maydan boşlab jismoniy şaxslar örtasidagi pul ötkazmalari böyiça elektron hisobvaraq-faktura rasmiylaştirişi majburiy qilib qöyildi. Hozirda bitta EHF narxi 270 sömdan boşlanadi. Bu – kartadan kartaga pul ötkazişda yöq joydan ortiqça xarajat paydo böladi degani. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu özgarişni ekspertizadan ötkazmay qarorga qöşib yuborgan bölişi mumkin.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özi nima gap?
10 fevralda qabul qilingan prezident farmoni bilan, 2023 yil 1 maydan boşlab tölov xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalari amalga oşirilganda, ularga körsatilgan xizmatlar uçun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etiş va rasmiylaştirişi majburiy bölyapti.
Bu tartib pul ötkaziş uçun komissiya “0” söm bölgan taqdirda ham majburiy qöllanadi.
Bu şuni anglatadiki, elektron tölov tizimlari orqali pul ötkazmalari amalga oşirilganda, har bir operatsiya uçun hisobvaraq-faktura rasmiylaştiriş kerak. Bu tartib P2P (“person to person” – şaxsdan şaxsga) amaliyotlari uçun qöllanadi. Ya’ni siz Click, Payme, Apelsin kabi tölov tizimlari yoki mobil bank xizmatlari orqali boşqa odamga pul ötkazib berganingizda şunday hisobvaraq-faktura şakllantiriladi.
Bunday fakturalarni tadbirkorlik sub’yektlari, ya’ni elektron hujjat almaşiş operatorlari tuzib beradi. Özbekistonda hozirda bu xizmatni körsatuvçi operatorlar – Didox, E-faktura va Davlat soliq qömitasining “Soliq servis” kabi platformalaridir. 2023 yil 10 fevral holatiga, 24 ta operator xizmat körsatmoqda.
Kun.uz Soliq qömitasi matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga köra, bitta EHFni rasmiylaştiriş xizmati narxi hozirda 270 sömdan boşlanadi. Xizmat haqini tadbirkorlik sub’yektlari, ya’ni elektron hujjat almaşiş operatorlari özlari belgilaydi.
Muammo nimada?
Bu yangilik ma’lum bölgaç, bank-moliya va soliq sohasidagi mutaxassislar keskin e’tiroz bildirdi.
Iqtisodçi Şuhrat Qurbonovning yozişiça, bu banklar va tölov taşkilotlarining kartadan kartaga ötkazmalar böyiça xarajatlarini oşirişi mumkin.
Mavzuga oid
U elektron hisob-fakturalarni şakllantirişning eng arzon tarifi har bir EHF uçun taxminan 260-300 söm ekanini ta’kidlab, bundan elektron hujjat aylanişi operatorlari mamnun bölişini ta’kidlagan.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, bu band tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratmaydi, qaytanga qiyinlaştiradi va qimmatlaştiradi.
“Bitta faktura eng arzonida 300 söm va yil davomida milliardlab tranzaksiyalar ötişi inobatga olinsa, bu bir neça yuz milliard söm qöşimça xarajat degani. Tabiiyki, bu xarajat yakunda iqtisodiyotga va iste’molçilarga yuklanadi”, deydi u.
“Xizmat narxi pasayadi” — vazirlik
Iqtisodiyot va moliya vazirligi holat yuzasidan bayonot berdi. Vazirlik körsatiladigan xizmatlar qiymatini keskin pasaytirişga va’da berdi.
“Elektron hisobvaraq-fakturalar operatorlari körsatiladigan xizmatlar narxini mustaqil ravişda belgilasalar-da, Soliq qömitasi bölinmasi tomonidan körsatiladigan xizmat qiymati pasaytirilişi operatorlarga xizmat qiymatini ham pasaytirişga imkon beradi.
Soliq qömitasi tomonidan jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalarini amalga oşiruvçi taşkilotlar uçun elektron hisobvaraq-fakturalarni jönatişda uşbu operatsiyalar böyiça körsatiladigan xizmat narxini 1 söm deb belgilaş böyiça kompleks xizmatlarni taqdim qilişga qaratilgan tadbirlar amalga kiritilişi ustida iş olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlikning qöşimça qilişiça, xizmatning qiymati operatorlar körsatadigan servisga qarab farqlanadi va örtaça bitta hisob-faktura uçun 270 sömdan 450 sömgaçani taşkil etadi.
“Vazirlik maqsadini oçiq aytsa bölmaydimi?”
Iqtisodçi Otabek Bakirov vazirlikning bayonotidan keyin bir qator savollarni ilgari surdi. Uning fikriça, vazirlik ma’muriy yöl bilan narxni 1 sömgaça tuşirişni notöğri qarorni oqlaşning çorasi deb körmoqda.
Bakirov operatorlar köradigan zarar va bu zararlar boşqa tariflar oşişiga olib kelişi mumkinligini bildirdi. U çek bilan tasdiqlanadigan bitimlarda jismoniy şaxslarga elektron hisobvaraq-fakturalar nima uçun kerak degan savolni ham örtaga taşlamoqda.
“Iqtisodiyot va moliya vazirligining P2P operatsiyalari uçun elektron hisobvaraq-fakturalarga majburlaş, Soliq qömitasining 3 yildan beri urinib kelayotgan, lekin jamoatçilik va hukumatning boşqa mustaqil tuzilmalari va Markaziy bank qarşiligi tufayli amalga oşmagan orzusiga yetkazadi.
Soddaroq tilda aytganda, Soliq qömitasi, uzr, Iqtisodiyot va moliya vazirligi P2P pul ötkazmalari böyiça barça axborotlarni qölga kiritmoqçi va nazorat qilmoqçi”, deb yozdi iqtisodçi.
Soliq qömitasi identifikatsiyadan ötmagan foydalanuvçilarning ma’lumotlarini qayerdan oladi?
Vazirlik bergan bayonotda, asosan, narxni tuşirişga urğu berilayotgan bölsa-da, bu mexanizm işlaşi va bu nimaga kerak degan savollarga aniq javob yöq.
Bayonotda bu – “soliq islohotlari doirasida tadbirkorlik sub’yektlariga teng raqobat şaroitini yaratiş va iste’molçilar huquqlarini yanada kafolatlaşga qaratilgan tadbirlar davomi” ekaniga urğu berilgan.
Bundan taşqari, tölov tizimlari EHF şakllantiriş uçun identifikatsiyadan ötmagan foydalanuvçilarning JŞŞIRini qayerdan oladi degan savol ham tuğiladi.
Soliq qömitasi matbuot kotibi Dildora Hoşimova bu borada Kun.uz'ga izoh beradi.
“EHF rasmiylaştirişda hozirda ham deyarli barça ma’lumotlar elektron ravişda ma’lumotlar bazasi orqali şakllanadi, aynan şu tranzaksiyalarda esa ma’lum qilinganidek soddalaştirilgan tartib işlab çiqiladi va unda rasmiylaştiriş böyiça ma’lumotlar aniq belgilanadi”, dedi u.
Ekspertizadan ötmagan
Farmon mohiyatiga mos kelmagan band hujjatga qanday qöşilib qolgani haqida ham savollar tuğildi. Çunki farmon tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratiş mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatçiligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlariga oid edi.
Adliya vazirligining bildirişiça, farmon loyihasi vazirlikka ekspertizadan ötkaziş uçun kiritilganda, farmonning 7-bandi 4-xatboşisida nazarda tutilgan talablar (P2P ötkazmalar uçun EHF rasmiylaştiriş) mavjud bölmagan.
Bu band farmon ekspertizadan ötkazilganidan keyin qöşib qöyilgani haqida taxminlar yuzaga kelmoqda.
Ta’kidlaş lozim, 2021 yildagi prezident farmoniga asosan, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir körsatuvçi barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tartibga soliş ta’sirini baholaşdan ötkazilişi belgilangan edi.
EHFlarga oid yangi talab, şuningdek, jamoatçilik muhokamasiga ham qöyilgani yöq.
Holatga Markaziy bank hozirça munosabat bildirmadi.