2020 yilda 20 nafar bola suvga cho‘kib halok bo‘lgani ma'lum qilindi
2020 yilda 20 nafar voyaga yetmagan shaxs suvga cho‘kib halok bo‘lgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xodimi Samandar Hikmatullayev 18 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
«Kunlar isib, suv havzalariga nisbatan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ana shunday vaqtlarda kichik e'tiborsizlik va loqaydlik ko‘plab ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarmoqda.
Joriy yilda 64 nafar fuqaro suvda cho‘kib, halok bo‘lgan. Eng achinarlisi, ularning 20 nafardan ortig‘ini voyaga yetmagan shaxslar tashkil etmoqda. Shundan 5 nafari 5 yoshgacha, 8 nafari 14 yoshgacha, 7 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Shu munosabat bilan Siz aziz ota-onalardan farzandlaringizni qarovsiz qoldirmaslik hamda ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda faollik ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz», deya Samandar Hikmatullayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:55 / 22.09.2024
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024
Rossiya FVV rahbarining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:11 / 05.09.2024