Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning Aleks Van boşçiligidagi China Gezhouba Group Overseas Investment Co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. 

Viloyat hokimligi xabariga köra, uşbu kompaniya dastlabki baholaş böyiça jami 144 mln dollar miqdoridagi töğridan töğri xorijiy investitsiyalar kiritiş hisobiga Özbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bölgan elektr energiyasini saqlaş tizimini quriş loyihasini amalga oşirişga kirişmoqda.

Uçraşuvda uşbu loyihani amalga oşiriş bilan taşkiliy masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi elektr energiyasini saqlaş tizimi barpo etilişining viloyatda elektr ta’minotini yaxşilaşdagi ahamiyatini ta’kidlab, loyihani amalga oşiriş bilan boğliq barça masalalarni hal etişda doimiy kömak berilişini bildirdi. 

Xitoyliklar yaqin muddatda loyihaning tamal toşini qöyişga tayyor ekanini ma’lum qildi.