O‘zbekiston | 23:38 / 26.05.2020
6748
3 daqiqa o‘qiladi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Foto: jizzax.uz

Hujjatda belgilanishicha, Madaniyat vazirligi tizimida:

•  Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida madaniyat muassasalari va havaskorlik san'atini rivojlantirish, sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish va raqamlashtirish masalalariga mas'ul vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

•  O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ”O‘zbek maqom san'ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va kapa ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etiladi;

•  davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi;

•  Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etiladi. 

V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq qilgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantiriladi. 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san'at kolleji tashkil etiladi.

2020 yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi ”ochiq eshiklar kuni” deb e'lon qilindi.

”Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritilishi belgilandi.

Soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 aprel sanasini “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni”  deb e'lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.

Musiqa, san'at, farmon

Mavzuga oid