Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonga yangi turdagi bankomat uskunalarini yetkazib beradi
12-15 oktabr kunlari AQShda NSR kompaniyasining yangi mahsulotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi va bu kabi yangi innovatsion imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda tatbiq etish rejalashtirilgan.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Spectrum kompaniyasi direktori Jozef Kovach bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Spectrum kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar portfelini kengaytirish va joriy oktyabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumiga tayyorgarlikning borishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Jozef Kovachning aytishicha, hozirda ushbu kompaniya O‘zbekistonga yangi turdagi bankomat uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha loyiha ustida ish olib borilmoqda. "12-15 oktabr kunlari AQShda NSR kompaniyasining yangi mahsulotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi va bu kabi yangi innovatsion imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda tatbiq etish rejalashtirilgan", dedi u.
U, shuningdek, O‘zbekistonda "Kartoshkachilik markazi"ni tashkil etish bo‘yicha ishlar qizg‘in kechayotganini bildirdi. Qayd etilishicha, kompaniya mutaxassislari tajriba tariqasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Vengriya kartoshka navlarini ekib, tadqiqot natijalarini kutmoqda. Shuningdek, Spectrum kompaniyasi rahbari yangi yo‘nalishlardan biri bo‘lgan baliqchilik sohasida ham hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar joriy oktyabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan biznes-forumga Budapesht Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Vengriyaning yetakchi tadbirkorlarini jalb qilish va tadbirni yuqori darajada o‘tkazishga barcha kuch hamda imkoniyatlarni safarbar etishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
22:47 / 14.04.2026
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
09:48 / 14.04.2026
Mojar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
21:14 / 13.04.2026