Bugun, 27 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudida şaharning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev va yana 17 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi böyiça sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hukmga köra, Isroil Xudoyberdiyev Jinoyat kodeksining –
- 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi;
- 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi;
- 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi “a” bandi;
- 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi;
- 210-moddasi (pora oliş) 3-qismi “a” bandi;
- 229-4-moddasi (yer beriş tartibini buziş) 2-qismi “a”, “b” bandlari;
- 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat taşkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.
Qolgan 17 nafar sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegişliligi böyiça jarima, 1 yil 9 oy 15 kundan 2 yil 3 oygaça axloq tuzatiş işlari va 3 yil 6 oydan 9 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqli.
Jinoyat işining batafsil tafsilotlari, xususan jinoyatçilar davlat va jamiyatga qança miqdorda zarar yetkazgani ma’lum emas.
Isroil Xudoyberdiyev (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan), uning ikki örinbosari va yana 8 kişi 2022 yil kuzida hibsga olingan edi. Öşanda ular tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 35,6 mlrd sömga baholanayotgani












