Bugun, 2022 yil 21 sentabr kuni Xalq deputatlari Termiz şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, sessiyada Termiz şahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev vazifasidan ozod qilingan.

Termiz şahar hokimi lavozimiga Öktam Törayev nomzodi körsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlangan.

O‘.Törayev 1979 yilning 25 oktyabrida Muzrabot tumanida tuğilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toşkent avtomobil-yöllar instituti, 2011 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Keyinroq Muzrabot tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. 2017–2019 yillarda Boysun tumaniga, 2019–2021 yillarda Sariosiyo tumaniga hokimlik qilgan.

Törayev 2021 yil mayida quriliş vaziri örinbosari etib tayinlangandi.

Isroil Xudoyberdiyev 2017 yildan buyon Termiz şahriga hokimlik qilib kelayotgandi.