Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kira olmagan yana 100 abituriyent talaba bo‘ldi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisga bosh vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi.
Majlis qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2018 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida o‘tkazilgan majlis bayonining 21-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston milliy universitetida “5120101-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta'lim yo‘nalishi hamda Toshkent davlat pedagogika universitetida “5111200- O‘zbek tili va adabiyoti” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash qaytadan yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2018/2019 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 2018/2019 o‘quv yili qabuli bo‘yicha o‘qishga hujjat topshirib, belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga tavsiya etilmagan mos ta'lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt asosida quyida belgilangan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha shakllantiriladi:
O‘zbekiston milliy universiteti uchun “5120101-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha - 50ta;
Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha – 50ta.
Qo‘shimcha ajratilgan bu 100 ta kvota Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga joriy yilda hujjat topshirib, to‘lov-kontrakt uchun yetarli ball to‘play olmagan mos ta'lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026