“Eron heç qaçon boş egmaydi”
23-sentabr kuni Eron prezidenti Masʼud Pizişkiyon AQŞda – BMT Boş Assambleyasi oliy darajadagi muzokaralarida nutq sözladi.
«AQŞ prezidenti bizni terrorçilar deb atadi. Aslida biz terrorizm qurboni bölganmiz», dedi Eron vakili BMTga yuzlanib. Şundan söng u Isroil hujumlarida halok bölgan mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy suratini körsatdi.
Pizişkiyon Minobdagi boşlanğiç maktab va Lamerddagi sport majmuasida raketa zarbalarida halok bölgan 100 dan ortiq bolalarning ayrimlarining suratlarini ham taqdim etdi.
Seşanba kuni Boş Assambleyadagi nutqida Tramp uning oldida «katta qaror» turganini taʼkidladi – yo eronliklarga muzokara olib boriş imkonini beradi, yoki «Islom Respublikasini yöq qiliş va buni tez amalga oşiriş». Pizişkiyon bu tahdid «zöravonlik mentaliteti belgisi» ekanini aytdi.
«[Tramp] bilişi kerakki, sanksiyalar, ortib borayotgan bosim va zöravonliklar qarşisida Eron xalqining qarşiligi faqat kuçayib boradi. Biz heç qaçon boş egmaymiz yoki tiz çökmaymiz», dedi u.
U şunday qöşimça qildi: «Biz kuç işlatiş tilini qabul qilmagan holda, muloqot, diplomatiya va muzokaralarga tayyormiz». Pizişkiyon har qanday kelişuv doirasida AQŞning Hörmuzdagi qamali bekor qilinişi kerakligini aytdi.
Şuningdek, u Eron tinç maqsadlardagi yadroviy dasturga ega böliş huquqidan voz keçmasligini va yadro qurolini yaratişga intilmasligini taʼkidladi.
Seşanba kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi va AQŞ elçisi Stiv Uitkoff BMT doirasida qatarlik vositaçilar orqali muzokaralar ötkazgandi. Uitkoff uşbu muhokamalar «konstruktiv va istiqbolli bölişiga» umid bildirdi. Araqçi esa Eronning şartlarini, jumladan, AQŞ qamalini tugatiş va Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod qilişni qatʼiy talab qilgan.
Pizişkiyon nutqi boşlanişida zalni tark etgan AQŞ delegatsiyasi Eron prezidentining çiqişi borasida izoh bermadi.
Si AQŞga keldi
Çorşanba kuni keçki paytda prezident Donald Tramp şaxsan özi Endryus qöşma harbiy bazasida Xitoy raisi Si Jinpingni qarşi oldi. AQŞ vaqti bilan payşanba kuni Oq uyda rasmiy kutib oliş marosimi bölişi kutilmoqda.
Reutersʼning yozişiça, mazmunan sayoz bölgan uşbu dabdabali sammitda har ikki yetakçi - yaşirin raqobatga qaramay, özaro barqaror aloqalarni namoyiş etişga intilmoqda.
















