Turli oqimlar doirasiga tuşib, Suriya va Iroqqa yöl olgan özbekistonlik erkaklar ham vaqti-soati kelib «Mehr» operatsiyalari doirasida vatanga qaytarilişi ehtimoldan xoli emas.

Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov 10 dekabr kungi matbuot anjumanida berilgan savolga javoban şunday deb ma'lum qildi.

«Janglarda qatnaşgan, biroq tavba qilgan, qilgan işlari xatoligini anglab yetgan, buning uçun jazosini olişga tayyor erkaklar yoki yigitlar ham keyinçalik qaytarilişi mumkinmi?», deya berilgan savolga qömita rasmiysi quyidagiça javob qaytardi.

«Avvalo, xorijdan olib kelinayotgan har bir vatandoşimiz yoki vatandoşlarimiz farzandlarining Özbekistonga yetkazib kelinişi öz-özidan bölayotgani yöq. Buning orqasida juda katta mehnat turibdi, juda katta moliyaviy işlar turibdi. Heç bir inson öz-özidan kelib qolayotgani yöq.

Şuning uçun birinçi galda yordamga eng köp muhtoj bölgan bolalar va ayollar olib kelinmoqda. Erkaklar masalasiga kelsak, bu borada örganiş kerak bölgan işlar bor.

Oçiq aytaman, agarda qöli qon bölmasa, marhamat, ular vaqti-soati bilan albatta keladi. Siz aytganday, tavba qilib, qilmişidan puşaymon bölib, kimdir uni adaştirib, kimdir ularni bugungi kunda musulmonning eng katta vazifasi jihod va şahidlik deya dinimizdagi muqaddas tuşunçalarni boşqaça talqin qilgan holda notöğri ğoyalarga yönaltirgan bölsa, kimningdir qotili bölmagan bölsa, albatta, vaqti-soati kelib ular ham qaytadi vatanimizga.

Lekin bu – vaqt talab etadigan masala», – dedi Muzaffar Komilov AQŞ Özbekistonni diniy erkinlik böyiça maxsus kuzatuvdagi davlatlar röyxatidan çiqarganiga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida.

Ma'lumot uçun, Özbekiston rasmiylari 2019–2020 yillarda Suriya va Iroqdan öz fuqarolarini qaytariş böyiça uçta operatsiya ötkazib, bir neça yuz nafar ayollar va bolalarni olib keldi.