31 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida bir guruh deputatlar taşabbusi bilan işlab çiqilgan «Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi» loyihasi körib çiqilib, birinçi öqişda qabul qilindi.
Uşbu konsepsiyani işlab çiqqan taşabbuskor deputatlar guruhining rahbari, deputat Jahongir Şirinov hujjat haqida batafsil ma’lumot berdi. Şirinovga köra, ijtimoiy munosabatlarga muayyan bir dinga xos qoidalarni joriy etiş, ayollar va erkaklar huquqlari tengligini şubha ostiga qöyiş, fuqarolik majburiyatlarini bajarişdan boş tortiş, ijtimoiy axloq normalari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni inkor etiş, tibbiy xizmatdan, ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan, tovar-xizmatlardan foydalanişga bölgan huquqlarni çeklaş, ayrim davlat xizmatçilarning dunyoviy davlatçilik mohiyatini teran anglamasligi hamda jamiyat taraqqiyoti, birdamligi va barqarorligiga putur yetkazuvçi ğoya va qaraşlar tarqalişi holatlari uçramoqda.
«Bunday holatlar yagona Özbekiston xalqi, jamiyat va davlat hamjihatligiga xatar bölib, qonun hujjatlariga rioya etilmasligiga, boşqa şaxslarning huquqlari buzilişiga, fuqarolarning huquqiy tartibotga munosabati salbiy tomonga özgarişiga, vatanparvarlik tuyğulari yemirilişiga hamda oilaviy nizolarga olib kelişi mumkin. Diniy sohada davlat siyosatining aniq körsatilmasligi uni aholi örtasida turliça tuşunilişiga, dunyoviy davlat asoslarining buzib talqin qilinişiga, jamiyatda ziddiyatli vaziyatlar kuçayişiga olib kelişi mumkin. Şuningdek, ilm-fan va texnologik yutuqlar bilan hisoblaşmaslik, uning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborsizlik, zamon bilan hamqadam bölmaslik – mamlakatning global raqobat maydonidagi munosib örin egallaş yölini murakkablaştiradi», — deydi Jahongir Şirinov.
Qonun bilan tasdiqlaş nazarda tutilgan mazkur Konsepsiya loyihasi 7 ta bob, 41 ta banddan iborat. Konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi va unga xizmat qiluvçi 10 ta vazifa belgilab berilmoqda. Hujjatga köra, diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi – fuqarolarning vijdon erkinligiga bölgan huquqlarini amalga oşiriş uçun teng şart-şaroitlar yaratiş, turli dinlarga mansub diniy taşkilotlar örtasida özaro murosa va hurmat örnatilişiga kömaklaşiş, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlaş, jamiyatda diniy bağrikenglikni va dunyoviylikni ta’minlaşdan iborat.












