Ikki özbek filmi: «Imom Abu Iso Muhammad Termiziy» (2019) va "Şarqdan nur "(2005) Islam-Today internet naşri tomonidan musulmonlar haqida eng yaxşi 10ta filmlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmi Özbekistonda köp yillar içida birinçi marotaba suratga olingan diniy film ekani aytilgan.

“Rejissyor va ssenariy muallifi şoirlar haqidagi filmlarning sovet an'anasiga tayanadi. Kartinada sevgi-muhabbat hikoyasi ham bor (gap bir qizni sevib qolib, Abu Iso uylaniş uçun ustozini sovçilikka yuboriş uçun yuborgani, lekin Allohning irodasi bilan qiz allaqaçon unaştirilgan bölib çiqişi haqida bormoqda), lekin biz asosiy qahramon özini butunlay ma'naviy hayotga bağişlaşini tuşunamiz. Bu yerda asosiy qahramonga qarşilik körsatadigan yovuz kişi ham bor. Imom olijanob buyuk odamdek gavdalanadi va butunlay özini da'vat qilişga bağişlaydi. Raqibini esa hasad his-tuyğulari boşqaradi. U nafaqat boşqalarning hayotini zaharlaydi, balki özini yöq qiladi. 

Boş qahramon oqilona tarzda fikr yuritadi, filmda möjizalar yöq: Abu Iso Muhammad Termiziy heç kimga şifo bermaydi, özgartirmaydi. U faqat bilim töplaş va saqlab qoliş uçun xizmat qiladi. Imom yigirma yilni vatanidan taşqarida hadis töplaş bilan ötkazdi. Yigirma yil içida Termiziy Şayx Işoq ibn Rohavayh Marvaziy va boşqa köplab olimlardan tahsil oladi. Yigirma beş yoşida (boşqa versiyaga köra, yigirma olti yoşida) Iroqqa, Basra şahriga borib, öşa mintaqalarning közga köringan olimlaridan saboq ola boşladi, şundan söng Şomga, u yerdan esa Hijozga boradi. Ana şu yigirma yillik sayohat va ta'lim oliş çoğlarida Abu Iso Termiziy olimlardan eşitgan barça hadislarini yod olar va yozib olar, har xil bahslarda iştirok etgan”, — deyiladi maqolada.

Boşqa bir özbek filmi bölmiş "Şarqdan nur" (2005) kartinasiga mana bunday ta'rif beriladi: "Tibbiyot" atamasi qayerdan kelib çiqqanini heç öylab körganmisiz? Olim va tadqiqotçilar orasida bu sözning paydo bölişi Ibn Sino (Avitsenna), Buyuk Şarq allomasi, tabibi, olimi – "madad Sino" nomi bilan boğliq degan fikr mavjud. Uning asarlarining aniq soni noma'lum, ammo tadqiqotçilar 160 va 450 raqamlari orasida deb faraz qilişadi. Uning kitoblari yoqib yuborildi, öğirlandi va yaşirildi, ammo ularning oddiy sanab ötilişi ham ta'sirli eşitiladi: "Şifo kitobi", "Najot kitobi", "Körsatma va ögitlar kitobi", "Ilm kitobi". Filmda dunyoga maşhur olim-ensiklopedist Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanişuvi asos qilib olingan. Suratga oliş işlari bir qança mamlakatlar – Özbekiston, Eron, Fransiya va Rossiya hududida bölib ötgan bölib, Şarq mutafakkiri rolini yoş iste'dodli aktyorlar Hasan va Husan Solihovlar ijro etişgan.